16 avg 17:06
Yangiliklar
Boks/MMA

"O'rta vazn uchun Menni ancha kichiklik qiladi"
Yarim o'rta vazn toifasida WBA kamari sohibi Menni Pakyaoning murabbiyi Freddi Rouch shogirdining o'rta vaznga o'tishi haqida fikr bildirdi.
"Menimcha, o'rta vazn uchun Menni ancha kichiklik qiladi. Lekin uning qanday qarorga kelishini aniq bilmayman. U nima qilishi mumkinligini hech qachon taxmin qilib bo'lmaydi, ammo Pakyao doim to'g'ri qaror qabul qilib kelgan", - dedi Rouch.
Eslatib o'tamiz, avvalroq Pakyao qozog'istonlik chempion Gennadiy Golovkinga qarshi jang o'tkazishi mumkinligi elon qilgandi.
Havola :
Manba : isport
Fikrlar