20 avg 10:31
Yangiliklar

O'rtaga million dollar qo'yilgan PFL 8 turnirida finalchilar malum
Ushbu oqshom doirasidagi qiziqarli janglarda Gran-prining erkaklar o'rtasida og'ir, ayollar orasida esa engil vazn toifalarida finalchilar aniqlandi. Amerikalik Kayla Xarrison birinchi raunddayoq raqibasi Jen Fabianni texnik nokautga uchratdi. Teylor Guardado esa uch raund to'liq davom etgan jangda Mariana Moriasdan ochkolar bo'yicha ustun keldi.
O'rtaga bir million dollar tikilgan og'ir vazn toifasining final jangida esa xorvatiyalik Ante Deliya hamda braziliyalik Bruno Kappelozza o'zaro to'qnash keladigan bo'ldi. Ante rossiyalik Denis Golcovni ochkolar hisobiga ko'ra taslim etdi. Kappelozza esa ikkinchi raundda amerikalik Jamill Jonsni nokautga uchratdi.
Oqshomning qolgan natijalariga to'xtaladigan bo'lsak, Xenan Ferreyra va Amanda Liv raqiblarini muddatidan avval mag'lubiyatga uchratishdi. Rossiyalik Marina Moxnatkina o'zining debyut jangida amerikalik Klaudia Zamorani ochkolar hisobiga ko'ra engdi.
Fikrlar