26 noy 11:18
Yangiliklar
Boks/MMA
Osiyo boks konfederaciyasi IBA'dan chiqishga qarshi ovoz berdi, tashkilot prezidenti va bosh kotibi istefoga chiqdi
Osiyo boks konfederaciyasining navbatdan tashqari yig'ilishida rossiyalik Umar Kremlyov rahbarlik qilayotgan IBA bilan aloqalarni uzmaslikka qaror qilindi.
Konfederaciya tarkibiga kiruvchi 36 federaciyadan 25 tasi IBA'dan chiqishga qarshi, 10 tasi esa tashkilotdan chiqishni yoqlagan, 1 ta federaciya betaraf qolgan.
Ovoz berish natijalari elon qilingandan so'ng, konfederaciya prezidenti Pichai CHunxavajira va bosh kotib Ali Salame istefoga chiqishlarini elon qildi. Tadbirda World Boxing prezidenti Boris van der Vorst ham ishtirok etdi.
Eslatib o'tamiz, XOQ Xalqaro boks associaciyasini (IBA) Olimpiya turnirlarini o'tkazish huquqidan mahrum qilgandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar