29 apr 21:00
Yangiliklar
Boks/MMA

Osiyo boks konfederaciyasi prezidenti: "Toshkentda JCH? Buni AIBA prezidentiga aytib qo'yaman"
Bugun Toshkentda boks bo'yicha Osiyo chempionati oldidan matbuot anjumani bo'lib o'tdi.
Ushbu anjumanda ishtirok etgan Osiyo boks konfederaciyasi prezidenti Serik Konakbaev o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Toshkent mana shunday nufuzli turnirga mezbonlik qilayotganidan biz xam xursandmiz. Musobaqani tashkil qilishda yordam berayotgan O'zbekiston boks federaciyasiga minnatdorchilik bildirmoqchiman. So'nggi paytlarda osiyolik bokschilar ham xalqaro arenalarda muvaffaqiyatli ishtirok etmoqdalar.
Ishonamanki, Toshkentdagi qita chempionati yuqori saviyada o'tadi.
Toshkentda jahon chempionati? 5 may kuni bu erga AIBA prezidenti ham tashrif buyuradi. Biz u kishiga o'zbek jurnalistlarining mana shunday istaklari borligi malum qilib qo'yamiz (kuladi)".
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar