19 apr 19:02
Yangiliklar
Osiyo chempionati. -59 kg vazn toifasida qita va jahon rekordlari yangilandi
Ushbu og'irlikda yurtimiz sharafini yosh iqtidor sohibasi Nigora Abdullaeva himoya qildi.
Ikki kurash natijasi bo'yicha Abdullaeva 180 (80, 100) kg natija qayd etdi. Medallar uchun kurash esa Xitoy Taypey, Xitoy va Vetnam vakilalari o'rtasida kechdi. Xitoylik Luo Ksyaomin hamda vetnamlik Xoang Zi Dueng qanchalik urinmasin, Kuo Ksing CHunga qarshilik qila olishmadi.
Xitoy Taypey vakilasi dast ko'tarishda 110 kg bilan Osiyo va jahon rekordini yangilagan bo'lsa, siltab ko'tarishda 137 kg (jahon rekordi 140) natija bilan ikki kurashda ham qita va jahon rekordini yangilashga muvaffaq bo'ldi.
Osiyo chempionati
Ayollar, -59 kg
Oltin: Kuo Ksing CHun (Xitoy Taypey) – 247 (110 + 137) kg;
Kumush: Luo Ksyaomin (Xioty) – 227 (102 + 125) kg;
Bronza: Xoang Zi Dueng (Vetnam) – 216 (100 + 116);
6-o'rin: Nigora Abdullaeva (O'zbekiston) – 180 (80 + 100).
Og'ir atletika federaciyasi matbuot xizmati
Fikrlar