21 apr 15:18
Yangiliklar
Og'ir atletika
Osiyo chempionati. -81 kg vazn "B" guruhi atletlari siltab ko'tarish mashqini ham yakunlashdi
Kutilganidek, bu mashqda ham qirg'izistonlik sportchi sezilarli ustunlikka ega bo'ldi.
Afg'onistonlik atlet birinchi urinishda 110, keyingisida 117 kg toshni ko'targan bo'lsa, uchinchi urinishda 122 kg vazn unga bo'ysunmadi.
Emil Moldodosov esa 180 kgdan boshgan bo'lsa, ikkinchi urinishda 187 kg vaznni ko'tarishni uddaladi. Biroq raqibi singari u ham uchinchi urinishda omadsizlikka uchradi. 191 kg shu kuni Moldodosovga og'irlik qildi.
O'zbekiston og'ir atletika federaciyasi matbuot xizmati
Havola :
Manba : t.me/uzbek_weightlifting
Fikrlar