13 mar 21:01
Yangiliklar

Osiyo chempionati. Bokschi qizlarimiz 11 ta medalga ega chiqishdi, 5 tasi oltin!
Biroz avval qita chempionatida o'smir qizlar toifasidagi final janglari yakunlandi. CHempionlik uchun ringga ko'tarilgan 6 vakilimizdan 5 nafari g'alaba qozonib, oltin medalni qo'lga kiritdi.
-52 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Rahima Bekniyazova finalda hindistonlik raqibasiga imkoniyatni boy berib, kumush medalga sazovor bo'ldi.
Hilolaxon Mashrabova (-50 kg), Ruhshona SHakarova (-63 kg), Farida Zaripova (-66 kg), Sanobar Bozorboeva (-75 kg) va Ruhshona Parpieva (-80 kg) o'z vazn toifalarida bronza medali bilan taqdirlanishdi.
Oltin medal sohibalari:
-46 kg: Jasmin Tohirova
-48 kg: Zilolaxon Yusupova
-54 kg: Uzukjamol Yunusova
-70 kg: Oysha Toirova
+80 kg: Sobiraxon SHahobiddinova
Kumush medal sohibasi:
-52 kg: Rahima Bekniyazova
Bronza medali sohibalari:
-50 kg: Hilolaxon Mashrabova
-63 kg: Ruhshona SHakarova
-66 kg: Farida Zaripova
-75 kg: Sanobar Bozorboeva
-80 kg: Ruhshona Parpieva
Fikrlar