23 apr 11:49
Yangiliklar
Og'ir atletika
Osiyo chempionati. Bugun Nigora Suvonovaga muxlislik qilamiz!
Xabaringiz bor, shu kunlarda yurtimiz poytaxti Toshkent shahri og'ir atletika bo'yicha kattalar o'rtasida Osiyo chempionatiga mezbonlik qilmoqda.
Bugun, 23 aprel atletlar yana uch vazn toifasida supachaga ko'tarilishadi.
Soat 13:00dan 96 kggacha bo'lgan ("B" guruh) erkaklar bahsi boshlanadi. O'zbekistonlik muxlislar uchun kunning eng muhim guruhi ayollar o'rtasida -81 kg vazn toifasida ayollar bahsi va unda hamyurtimiz Nigora Suvonovaning ishtiroki bo'ladi albatta.
Kechki dasturda shuningdek - 96 kg vazn toifasidagi erkaklar medallar uchun kurash olib borishadi.
Eslatib o'tamiz, Suvonova o'z chiqishlarini soat 16:00dan boshlaydi.
O'zbekiston og'ir atletika federaciyasi matbuot xizmati
Havola :
Manba : t.me/uzbek_weightlifting
Fikrlar