18 mar 18:28
Yangiliklar
Kurash

Osiyo chempionati hakamlari uchun seminar o'tkazildi + FOTO
Ertaga Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida kurash bo'yicha kattalar o'rtasidagi Osiyo chempionati boshlanadi.
O'z tarixida XI marotaba tashkil etilayotgan qita chempionatida Osiyoning 26 davlatidan sara kurashchilar jami 15 ta (7 ta erkaklar, 8 ta ayollar) vazn toifasida bahslarga kirishadilar. Ertaga musobaqaning birinchi kuni erkaklar o'rtasida -66, -81, -90, +100 kg, ayollarda esa -57, -70, -87 kg vaznlarda g'olib va sovrindorlar nomi malum bo'ladi.
Bugun esa Osiyo chempionati doirasidagi bir nechta tadbirlar o'tkazildi. Xususan, musobaqa hakamlari uchun seminar tashkil etildi. Unda Osiyo Kurash Konfederaciyasi hakamlar hayati tomonidan yana bir bor qoidalar tushuntirildi.
Alimurod MAMADAMINOV, o'z muxbirimiz Dushanbe shahridan maxsus
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar