So’nggi yangiliklar

20:59Ўзбекистон делегацияси Париж-2024 учун яна бир йўлланмани қўлга киритди! 0 20:10Леннокс Льюис: "Усик уруш орқали рингга келди" 0 19:47Хамес "Бока Хуниорс"га ўтиши мумкин 0 19:25"Рингга чиқаётганимда бокс ҳақида ўйламайман, дуо қиламан" - Усик 0 19:02Олимпиада Парижга қанча даромад олиб келиши ҳисоблаб чиқилди 0 18:41"Агар Фьюрининг ўз ҳакамлари бўлмаса, у ютқазади" - Форман 0 18:20Рэшфорд "Манчестер Юнайтед" сафидаги 400-ўйинини ўтказди 0 17:59Холифилд Тайсон билан жанг қиладиган Полга маслаҳат берди 0 17:46Таэквондочиларимиз Осиё чемпионатининг илк кунини бронза медали билан якунлади 0 17:38"Ролан Гаррос". Рафаэль Надаль келаси ҳафта Парижга етиб боради 0 17:1717 май куни Баҳодир, Ҳасанбой, Абдумалик ва яна 8 нафар боксчимиз Россияда рингга кўтарилади 0 16:55Аллегри Италия Кубоги тарихига кирди 0 16:32Осиё бокс конфедерацияси Баҳодир Жалоловга эътибор қаратди 0 16:10Тошкентда спорт гимнастикаси бўйича лицензион турнир бошланди 0 15:48Хабаровск. Тўрт нафар боксчимизнинг барчасида ғалаба 0

27 fev 13:13
Yangiliklar

Kurash

Osiyo chempionati. Ikki nafar kurashchimiz finalda!

Qirg'iziston poytaxti Bishkek shahrida sport kurashlari bo'yicha Osiyo chempionati boshlandi.

Yunon-rum kurashi bo'yicha bahslarda ishtirok etayotgan ikki nafar sportchimiz raqiblarini mag'lubiyatga uchratib, final yo'llanmasini qo'lga kiritdi.

Bungacha -59 kg vazn toifasida janglarda qatnashgan Elmurat Tasmurodov ushbu qita birinchiligida -63kg vazn toifasida janglar o'tkazmoqda.

Riodagi Olimpiya o'yinlari sovrindori musobaqadagi ilk jangida hindistonlik raqibini 8:0 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Yarim finalda esa jahon chempionati kumush medali sohibi hisoblangan qozog'istonlik Meyrambek Aynagulovni 13:8 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. SHuni alohida qayd etib o'tish lozimki, jang yakunlanishiga 1,5 daqiqa qolganida  sportchimiz 1:8 hisobida imkoniyatni boy berayotgandi. Muhim pallada u vaziyatni o'z tomoniga og'dira oldi va final yo'llanmasini qo'lga kiritdi.

Uning finaldagi raqibi birozdan so'ng malum bo'ladi.

-130kg vazn toifasida janglarda ishtirok etayotgan Mo'minjon Abdullaev esa dastlabki jangida mezbonlar vakili Ramonovdan 7:1 hisobida ustun keldi. Yarim finalda esa qozog'istonlik Savenkoni 8:0 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Endi u oltin medal uchun eronlik Mehdizodaga qarshi gilamga chiqadi.

Final bellashuvlari ham bugun o'tkaziladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing