19 apr 10:58
Yangiliklar
Sport kurashlari
Osiyo chempionati. Jalgasbay oltin, qolgan uch kurashchimiz bronza uchun gilamga chiqadi
Mo'g'uliston poytaxti Ulan-Bator shahrida sport kurashlari bo'yicha o'tkazilayotgan kattalar o'rtasidagi Osiyo chempionatining birinchi kungi saralash bellashuvlariga yakuniga etdi.
Qita chempionatining ilk kuni besh nafar yunon-rum kurashchimiz medallar uchun bahslarga kirishgandi. Ulardan birgina Aram Vardanyan ilk davra bellashuvida Olimpiada chempioni va sovrindori, koreyalik Xyovngvu Kimga yutqazib, medalsiz qoldi. Qolgan to'rt kurashchimiz bugun kechki dasturda Osiyo chempionatining medallari uchun gilamga chiqishadi.
Final:
-87 kg: Jalgasbay Berdimuratov – Nosir Alizoda (Eron)
Bronza medali uchun:
-55 kg: Jasurbek Ortiqboev – Xeokjin Jeon (J.Koreya)
-63 kg: Islomjon Bahromov – Niraj Niraj (Hindiston)
-130 kg: Mo'minjon Abdullaev – Timoti YU Lox (Singapur)
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar