27 apr 19:05
Yangiliklar

Osiyo chempionati oldidan. Bokschilarimiz so'nggi qita birinchiligida qanday natija ko'rsatgan edilar?
Turnirda ishtirok etadigan tarkibimiz malum bo'ldi. Unga ko'ra, qita birinchiligida Hasanboy Do'smatov, Jasurbek Latipov, Murodjon Ahmadaliev, Elnur Abduraimov, Iqboljon Xoldorov, SHahram G'iyosov, Isroil Madrimov, Bektemir Meliqo'ziev, Sanjar Tursunov, Bahodir Jalolovlar yurtimiz sharafini himoya qilgandilar.
Ushbu bokschilardan Hasanboy Do'smatov, Murodjon Ahmadaliev, Elnur Abduraimov, Isroil Madrimov, Bektemir Meliqo'ziev, Bahodir Jalolov kabi sportchilarimiz 2 yil oldin Bangkokda bo'lib o'tgan Osiyo chempionatida ishtirok etganliklarini takidlab o'tishimiz lozim.
2015 yilgi Osiyo chempionati yakunlariga ko'ra O'zbekiston boks terma jamoasi umumjamoa hisobida ikkinchi o'rinni qo'lga kiritgan edi. Birinchi o'rinni qo'shnilarimiz Qozog'iston terma jamoasi o'ziniki qilib olgan. Mezbon taylandliklar esa uchinchi o'rin bilan kifoyalanganlar.
2015 yili bokschilarimiz qita birinchiligida quyidagi natijani qayd etganlar:
-49 kg: Hasanboy Do'smatov - oltin
-75 kg: Bektemir Meliqo'ziev - oltin
-52 kg: SHahobiddin Zoirov - kumush
-56 kg: Murodjon Ahmadaliev - kumush
-64 kg: Fazliddin G'oibnazarov - kumush
-81 kg: Elshod Rasulov - kumush
-91 kg: Rustam To'laganov - kumush
-60 kg: Elnur Abduraimov - bronza
Demak, Bangkok turnirida bokschilarimiz 2 ta oltin, 5 ta kumush va 1 ta
bronza medalini, umumiy hisobda esa 8 ta medalni qo'lga kiritganlar.
O'sha
tarkibdan Isroil Madrimov va Bahodir Jalolovlar sovrinli o'rin egallashni
uddasidan chiqa olmaganlar. SHu hafta boshlanadigan chempionatda ularda
Osiyo chempionati sovrindoriga aylanish uchun yana bir imkoniyat bo'ladi.
Ishonamizki, o'z uyimizda bo'lib o'tadigan turnirda ikki yil oldingi natija yanada yaxshilanadi!
Aziz To'xtamurodov
Fikrlar