24 apr 15:08
Yangiliklar
Og'ir atletika
Osiyo chempionati. Qurbonmurod Namozov ishtirokini yakunladi
Hozirgina erkaklar o'rtasida -102 kg vazn toifasi vakillari o'z chiqishlarini yakunlashdi. Ushbu vaznda yurtimiz sharafini Qurbonmurod Namozov himoya qildi.
O'zidan yosh va tajriba bobida ustun bo'lgan raqiblari bilan munosib kurashgan Qurbonmurod dast ko'tarish mashqida 147 kg, siltab ko'tarishda - 187 kg toshni o'ziga bo'ysundirdi va ikki kurash natijasiga ko'ra 334 kg natija qayd etdi.
2004 yilda tavallud topgan atletimiz o'z oldiga qo'yilgan vazifani munosib uddaladi va xalqaro musobaqa orqali ulkan tajribaga ega bo'ldi. Kelajakda uni katta g'alabalar kutib turganiga va Namozov yurtimiz bayrog'ini Osiyo, jahon va Olimpiada musobaqalarida baland ko'tarishiga ishonamiz.
O'zbekiston og'ir atletika federaciyasi matbuot xizmati
Havola :
Manba : t.me/uzbek_weightlifting
Fikrlar