08 apr 17:50
Yangiliklar
Osiyo chempionatida ishtirok etuvchi og'ir atletikachilarimizning tarkibi aniq
Mazkur musobaqa Tokio-2020 Olimpiya o'yinlariga qimmatli reyting ochkolarini taqdim etishi bilan ahamiyatli.
O'zbekiston og'ir atletika federaciyasi musobaqada ishtirok etuvchi terma jamoa tarkibini elon qildi. Unga ko'ra, jamoamiz musobaqada 18 nafar sportchi bilan ishtirok etadi. Ular orasida Ruslan Nurudinov, Akbar Jo'raev, Adhamjon Ergashev kabi nomdor vakillarimizni ham uchratish mumkin. Jamoamizning to'liq tarkibi bilan tanishing:
Erkaklar:
-55 kg: Og'abek Nafasov
-61 kg: Husinboy Matrasulov
-67 kg: Adhamjon Ergashev
-81 kg: Muhammadqodir Toshtemirov
-81 kg: Hojiakbar Olimov
-89 kg: Hakimjon SHamsiddinov
-89 kg: Sarvarbek Zafarjonov
-102 kg: Qurbonmurod Namozov
-109 kg: Ruslan Nurudinov
-109 kg: Akbar Jo'raev
Ayollar:
-55 kg: Muattar Nabieva
-59 kg: Nigora Abdullaeva
-64 kg: Madinabonu Jo'raeva
-71 kg: Mashhura Rustamova
-76 kg: Kumushxon Fayzullaeva
-81 kg: Nigora Suvonova
-87 kg: Tursunoy Jabborova
+87 kg: Dolera Davronova.
Fikrlar