31 may 11:40
Yangiliklar
Engil atletika

Osiyo chempionatidagi uchinchi medalimiz Safina Sadullaevaga tegishli bo'ldi
Xabar berganimizdek, shu kunlarda Koreya Respublikasining Gumi shahrida engil atletika bo'yicha Osiyo chempionati bo'lib o'tmoqda.
Ahamiyatlisi, musobaqaning bugungi kuni ham O'zbekiston terma jamoasi uchun omadli kechdi. Ayollar o'rtasida balandlikka sakrash dasturida qatnashgan Safina Sadullaeva kumush medal sohibasiga aylandi. Hamyurtimiz musobaqada 1.86 metr natija qayd etishga erishdi.
SHuningdek, ishtirokini yakunlagan yurtdoshlarimizdan O'g'iloy Norboeva etti kurash dasturida 5461 ochko jamg'arib to'rtinchi, uzunlikka sakrash sektorida esa Anvar Anvarov 7.98 metr bilan beshinchi natijani qayd etdi.
Balandlikka sakrash, Osiyo chempionati:
1. Puja Puja (Hindiston) – 1.89 metr
2. Safina Sadullaeva (O'zbekiston) – 1.86
3. Elizaveta Matveeva (Qozog'iston) – 1.86.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar