28 apr 07:23
Yangiliklar
Sport kurashlari
Osiyo chempionatidan so'ng koreyalik kurashchilarda koronavirus aniqlandi
O'tgan hafta Qozog'istonning Olmaota shahrida o'tkazilgan Osiyo chempionatidan so'ng Janubiy Koreya terma jamoasining 7 nafar azosida koronavirus tasdiqlangan, yani ulardan olingan test musbat natija bergan.
Malumotlarga qaraganda, 6 nafar kurashchi va ularning murabbiyi COVID-19 yuqtirib olgan. Besh kurashchi va ularning murabbiyi Koreyaga qaytgan. Yana biri kelasi hafta Bolgariyada o'tadigan jahon licenzion turnirida qatnashish uchun Qozog'istonda qolgan.
Kasallik aniqlanganlarda sog'liq uchun rahna soluvchi holatlar kuzatilmagan. SHunday bo'lsa-da, Janubiy Koreyaga qaytgan kurashchilar karantinga olingan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar