So’nggi yangiliklar

19:05Ёқубов реванш учун Гаирбековга ўз гонорарини беришга ҳам тайёр 0 18:40"Бу ҳақда ҳамма жим". Стрикленд UFC’ни кескин танқид қилиб, ташкилотни тарк этиш ниятини билдирди 0 18:11Алекс Перейра нима учун боксга ўтмаслигини тушунтирди 0 17:40Чеферин тўртинчи муддатга ўз номзодини қўйишга қарор қилди 0 17:14WBA Хайме Мунгиянинг жангини тасдиқламади ва вазиятга муносабат билдирди 0 16:30"Опетайяни осонгина мағлуб этаман". Шон Стрикленд боксга ўтишга тайёрлигини билдирди 0 15:41Жанибек Алимханулининг чемпионлик жанги қачон ва қаерда ўтиши маълум бўлди 0 15:12Меҳди Тартар: "Ўзбекистон билан мунтазам ўйнаш Эрон терма жамоасининг обрўсини туширмоқда" 0 15:07Илья Сибирцев Жаҳон кубогида совриндор бўлди (ФОТО) 0 14:41Жавоҳир Умматалиевнинг Лондондаги рақиби испаниялик бўлади 0 14:10UFC шарҳловчиси Жо Роган янги шартнома бўйича чорак миллиард доллар олади 0 13:39Мексикада рестлинг турнири чоғида 75 ёшли ҳакам қабул қилинган усулдан сўнг вафот этди + ФОТО 0 13:08"Ўғлимни катта дарвозадан эмас, орқа эшикдан чиқариб юборишди". Роналдунинг онаси терма жамоа атрофидаги машмашаларга муносабат билдирди 0 12:37Кормье Гэтжини огоҳлантирди: "Бундай қилиш ярамайди" 0 12:06Тошкентда сузиш бўйича Жаҳон кубоги бошланди 0

22 iyu 08:16
Yangiliklar

Kurash

Osiyo chempionatining ikkinchi kunida ham 12 ta medalga ega chiqdik

Teglar :  KurashOsiyoTailand
Tailandning Pattayya shahrida kurash bo'yicha yoshlar o'rtasida o'tkazilgan Osiyo chempionatining birinchi kun natijalari haqida xabar bergan edik.

Musobaqaning ikkinchi kunida ham polvonlar yana sakkiz vazn toifasida g'oliblik uchun gilamga tushdi.

Osiyo chempionati vakillarimiz uchun omadli keldi. Musobaqaning ikkinchi kungi bahslarida SHuhrat Arslonov boshchiligidagi terma jamoamiz azolari 12 medalni qo'lga kiritdi. SHundan teng yarmini oltin medallar tashkil qildi.

Yosh polvonlarimizdan Hasan Botirov (-55 kg), Sanjar Saidqulov (-60 kg), Sardorbek Jangeldiev (-66 kg) hamda Jaloliddin Boynazarov (-73 kg), qizlar o'rtasida esa Malikaxon Qahharova (-70 kg) va mutlaq vaznda Rinata Ilmatovalar shohsupaning eng yuqori pog'onasiga ko'tarilgan bo'lsa, Ilhom Farmonov (-55 kg), Mengdona CHorieva (-63 kg), Sadoqat To'raeva (-70 kg) hamda SHohista Anorovalar (-78 kg) kumush medal bilan taqdirlandi.

Yana ikki nafar kurashchimiz Pahlavon Mansurov (-73 kg) hamda SHahnozaxon Bozorova (-63 kg) bronza medaliga sazovor bo'ldi.

Faqat ikkita vaznda oltin medallar o'zga yurt sportchilariga nasib etdi. Vetnamlik Nguen Ti Ngos (-63 kg) hamda Xitoy Taypeyi terma jamoasi azosi Yang Li-May (-78 kg) yoshlar o'rtasida Osiyo chempionligini qo'lga kiritdi.

SHunday qilib, 16 ta vazn toifasida o'tkazilgan musobaqada jami 24 ta (12 ta oltin, 10 ta kumush va 2 ta bronza) medalni qo'lga kiritgan polvonlarimiz umumjamoa hisobidan birinchi o'rinni egallashdi. Keyingi o'rinlarni esa Xitoy Taypeyi va Vetnam jamoalari band etishdi.

Ushbu musobaqada ishtirok etgan terma jamoamiz azolari 25 iyun kuni yurtimizga qaytib kelishadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing