24 may 11:11
Yangiliklar

Osiyo chempionatining ochilish marosimi o'tkazildi DUBAYDAN FOTOREPORTAJ
Kecha "Le Meridien Dubai" mehmonxonasida musobaqa oldidan ochilish marosimi o'tkazildi. Unda Osiyo boks konfederaciyasi vice-prezidenti, O'zbekiston boks federaciyasi raisining birinchi o'rinbosari Saken Polatov ham ishtirok etdi.
Tadbirda shuningdek, Xalqaro boks associaciyasi (AIBA) prezidenti Umar Kremlyov ham qatnashdi. U ochilish marosimida so'zga chiqib, musobaqa ishtirokchilariga omad tiladi.
Malumot uchun, musobaqaning barcha ishtirokchilari "Le Meridien Dubai" mehmonxonasida istiqomat qilishmoqda. Karantin sabab barcha bahslar aynan shu erda tashkil etiladi.
Osiyo chempionatining ochilish marosimidan suratlarni tomosha qiling.
Suratlar muallifi - Aziz To'xtamurodov, Dubay shahridan
Fikrlar