04 mar 08:20
Yangiliklar
Boks/MMA
Osiyo chempioni Jasurbek Latipov uzoq tanaffusdan so'ng yana ringga qaytdi
Kecha Rossiya Federaciyasining Sochi shahrida boks bo'yicha "IBA CHempionlar oqshomi" turniri o'tkazildi.
Oqshom doirasida o'zbekistonlik bokschi, 2017 yilgi Osiyo chempioni, ikki karra jahon chempionati sovrindori, London-2012 yozgi Olimpiadasi ishtirokchisi Jasurbek Latipov ham ringga chiqdi.
Hamyurtimizga rossiyalik Dmitriy Dvali raqiblik qildi. Olti raundga mo'ljallangan jang 5-raundda yakunlandi va unda afsuski, hamyurtimiz kuchli zarba o'tkazib yuborgani tufayli jangni davom ettira olmadi.
Malumot uchun, Jasurbek Latipov so'nggi jangini 2019 yilning oktyabr oyida o'tkazgan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar