So’nggi yangiliklar

19:10"Жангимиз тарихдаги энг буюк тўқнашувлардан бири бўлади". Дэвид Бенавидес Усик билан эҳтимолий жанг ҳақида гапирди 0 18:29Хамзат Чимаев қачон UFC октагонига қайтишини айтди 0 17:52"Бавария" Компанига нисбатан ғалати қоида жорий қилди 0 17:01"Худди биринчи чемпионлик камаримни қўлга киритгандек бўлдим". Альварес WBC’нинг иккинчи ўрта вазн чемпиони бўлгани ҳақида 0 16:14Арман Царукян Александр Волкановски билан эҳтимолий жанг ҳақида гапирди 0 15:30Камару Усман Ислам Махачевнинг жангдан бош тортиши бўйича қарорини қўллаб-қувватлади 0 14:59Элит ОЧЛ. "Пахтакор" уйда, "Нефтчи" меҳмонда ўйнайди 0 14:45Бектемир Мелиқўзиевнинг навбатдаги рақиби аниқ бўлди 0 14:28Конор Макгрегор: "Ҳатто ҳаракат қилмасдан ҳам ҳаммадан устунман!" 0 13:57Хамзат Чимаев бир ўлиб тирилган яккакураш устасига қарши жанг қилади + ПОСТЕР 0 13:26UFC 335: Оливейра — Лопез турнири учун расмий постер эълон қилинди + ФОТО 0 12:55Беҳруз Каримов иштирок этган ўйинда “Лугано” стадионида тарихий натижа қайд этилди 0 12:24Бектемирга "хўп" деган Мунгиа Зонга қарши ўтказган жанги ҳақида гапирди 0 11:43IV Ёзги Ёшлар Олимпиадасида дзюдо баҳслари старт олди 0 11:18Пратеснинг мураббийи Махачев Карлос билан жанг қилишдан нега воз кечганини тахмин қилди 0

25 apr 17:39
Yangiliklar

Dzyudo

Osiyo chempionlari etishib chiqayotgan Qo'qon dzyudosiga nazar

Teglar :  DzyudoQo'qon
O'zbekiston dzyudosi haqida gap ketganda ko'z oldimizga ko'proq Surxondaryo, Qashqadaryo, Xorazm, Buxoro, Samarqand viloyatlari keladi.

Lekin so'nggi yillarda qolgan viloyatlar ham terma jamoalarga nomzodlarni etkazib berishda jonbozlik ko'rsatishyapti. Joylarda selekciya ishlari jonlangan. Quyida Farg'ona viloyatining qadimiy Qo'qon shahrida olimpiya oilasiga mansub dzyudo sport turiga qaratilayotgan etibor mavzusiga to'xtalamiz. Suhbatdoshimiz Qo'qon shahridagi 2-BO'SM murabbiyi Muhammadsyuuf Haydarov bo'ladilar. 

- 1998 yildan 2014 yilgacha dzyudo bilan shug'ullandim, - deya so'z boshladi M.Haydarov - SHu vaqt oralig'ida 6 karra O'zbekiston chempioni bo'ldim. Uchqun Murodov xotirasiga bag'ishlab o'tkazilgan xalqaro turnirda uch bor zafar quchdim. Yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionati hamda Evropa Ochiq chempionati sovrindoriga aylandim. Jahon chempionatida ishtirok etdim. 2015 yildan esa murabbiylik faoliyatim boshlandi. 

- Sportchilik faoliyatidan murabbiylikka o'tish qiyin kechmadimi? 

- Dzyudoni yaxshi ko'rganim uchun qiyinchilikni deyarli his qilmadim. Faoliyatim davomida tajribali murabbiylardan saboq olganim bu borada menga qo'l keldi deb o'ylayman.   

- SHogidlaringizning musobaqalardagi ishtiroki va natijalari haqida nima deya olasiz?

- Murabbiylikni boshlaganimga besh yildan sal ko'proq vaqt bo'ldi. Ana shu qisqa fursat ichida shogirdlarim orasidan o'smirlar va yoshlar o'rtasida Osiyo chempioni va sovrindorlari, qita kubogi g'oliblari etib chiqdi. Ular orasidan Hojiakbar Olimov, Ayubxon Mansurov, Elshod Isoqov, SHohjahon Atxamov, Lazizbek SHarofiddinov kabi yosh dzyudochilarimizni alohida takidlab o'tgan bo'lardim. Qo'qonda bu kabi istedodli yoshlar ko'p. 

- Qo'qonda dzyudo bilan shug'ullanayotganlar ko'pmi?

- Sir emas, Qo'qon shahri yurtimizning ilm-marifat markazlaridan biri bo'lgan. Xususan, sport sohasida ham aytishga arzigulik yutuqlarga egamiz. So'nggi yillarda yosh dzyudochilarimiz erishayotgan yutuqlarga qarab, yaqin kelajakda bizdan ham jahon va Olimpiada chempionlari chiqishiga ishonyapman. Hozirgi kunda Qo'qon shahrida 7 ta dzyudo zali faoliyat yurityapti. O'n nafar murabbiy 500 dan ziyod bolalarga dzyudo sir-asrorlarini o'rgatib kelmoqda. Kundan-kunga dzyudo bilan shug'ullanayotgan yoshlar safi kengayib boryapti.  

- Koronavirus pandemiyasi sabab yuzaga kelgan karantin kunlarida nimalar bilan mashg'ulsizlar?

- Hamma qatori uyda qolyapmiz. Mashg'ulotlarni onlayn tarzida olib borishga harakat qilyapmiz. SHogirdlarim bilan maxsus ochilgan telegram kanali orqali doimiy muloqotdamiz. Ularga topshiriq beraman. Dastur asosida mashg'ulotlarni hamma o'z uyida bajaryapti.   

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing