So’nggi yangiliklar

13:57Статистикага кўра Хргович жанг тўхтатилган вақтда Итаумага ютқазаётганди 0 13:30Лео Месси тарихда иккинчи ўринга кўтарилиб oлди 0 12:58"Аспиналлни тезроқ октагонга қайтариш керак" - собиқ чемпион 0 12:34Жалолов билан жанг қилиши мумкинлиги айтилган Мурат Гассиев Тайсон Фьюрига қарши рингга чиқиши мумкин 0 12:07"Биз айнан шу зарбани ишлагандик" - Сонг Ядонг нокаут ҳақида 0 11:40"Барселона" ҳимоячиси € 8,5 млн эвазига "Реал Сосьедад"га ўтди 0 11:13Двалишвили Нурмагомедовнинг мағлубиятига битта эмоджи билан муносабат билдирди 0 10:49Ҳумоюн билан жанг қилиши кутилган Мадраҳимов Тошкентга октагонга чиқади + ПОСТЕР 0 10:22Ислам Махачев Нурмагомедовнинг UFC`даги иккинчи мағлубияти ҳақида гапирди 0 09:57Ўзбекистон кубоги. Бугун яна иккита қизиқарли учрашув бор 0 09:23Lausanne Grand Slam 2026. Бугун оғир вазнли дзюдочиларимизга мухлислик қиламиз. Улар орасида Тўрабоев ҳам бор! 0 08:55Умар Нурмагомедов кечаги кутилмаган нокаутига илк бор изоҳ берди 0 08:26Жасурбек "Тайсон" Жўраев бир ҳафтадан кейин Тошкентда жанг қилади + ПОСТЕР 0 07:54"Интер Майами" "Монреаль"ни тор-мор этди. Мессидан покер 0 07:31Оғир вазн келажаги сифатида эътироф этилган Мозес Итаумани чуқур нокаутга учратишди 0

31 okt 18:00
Yangiliklar

Og'ir atletika

Osiyo kubogi. Og'ir atletikachilarimizdan yana medallar shodasi

Teglar :  Og'ir atletika
Janubiy Koreyaning Yanggu shahrida og'ir atletika bo'yicha Osiyo Kubogi hamda klublar o'rtasidagi Osiyo chempionati bahslari o'zining qizg'in pallasiga kirdi.

Bugun xotin-qizlar o'rtasida 63 hamda 69 kg. vazn toifalarida bellashuvlar o'tkazilib, ularning yakuniga ko'ra  63 kg. vazn toifasida chiqish qilgan Kumushxon Fayzullaeva umumiy 201 kg. natijasi bilan oltin medalga sazovor bo'lgan bo'lsa, 69 kg. vazn toifasida ishtirok etgan Tursunoy Jabborova 199 kg. og'irlikni o'ziga bo'ysundirib kumush medalini qo'lga kiritgandi.

Bundan bir necha daqiqa avval erkaklar o'rtasida 85 kg. vazn toifasidagi bellashuvlar ham yakunlandi. Ushbu vazn toifasida terma jamoamizning ikki nafar azosi g'oliblik uchun kurash olib bordi. Sunnatilla O'sarov dast ko'tarishda 158 kg, siltab ko'tarishda 186 kg, summada 344 kg. natija bilan musobaqaning kumush medaliga sazovor bo'ldi. Etiborlisi, Sunnatilla oltin medalni qo'lga kiritgan eronlik Ali Makvandiga bor yo'g'i 1 kilogrammga imkoniyatni boy berdi. Zero eronlik sportchi umumiy 345 kg. natijasi bilan birinchi o'rinni egalladi.

Ushbu vazn toifasida bronza medali ham o'zbekistonlik atletga nasib etdi.  Fayzullo Nabiev 148+189=337 kg. natijasi bilan uchinchi o'ringa loyiq ko'rildi. Ana shu tariqa bugungi bellashuvlar yakunlandi. Ertaga musobaqalar davom etadi va biz yurtdoshlarimizdan navbatdagi medallar va rekordlarni kutib qolamiz.

Reyting:    

Fikrlar

   
31 okt 22:27:41
Jakhongir
Molodsi
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing