So’nggi yangiliklar

19:05Ёқубов реванш учун Гаирбековга ўз гонорарини беришга ҳам тайёр 0 18:40"Бу ҳақда ҳамма жим". Стрикленд UFC’ни кескин танқид қилиб, ташкилотни тарк этиш ниятини билдирди 0 18:11Алекс Перейра нима учун боксга ўтмаслигини тушунтирди 0 17:40Чеферин тўртинчи муддатга ўз номзодини қўйишга қарор қилди 0 17:14WBA Хайме Мунгиянинг жангини тасдиқламади ва вазиятга муносабат билдирди 0 16:30"Опетайяни осонгина мағлуб этаман". Шон Стрикленд боксга ўтишга тайёрлигини билдирди 0 15:41Жанибек Алимханулининг чемпионлик жанги қачон ва қаерда ўтиши маълум бўлди 0 15:12Меҳди Тартар: "Ўзбекистон билан мунтазам ўйнаш Эрон терма жамоасининг обрўсини туширмоқда" 0 15:07Илья Сибирцев Жаҳон кубогида совриндор бўлди (ФОТО) 0 14:41Жавоҳир Умматалиевнинг Лондондаги рақиби испаниялик бўлади 0 14:10UFC шарҳловчиси Жо Роган янги шартнома бўйича чорак миллиард доллар олади 0 13:39Мексикада рестлинг турнири чоғида 75 ёшли ҳакам қабул қилинган усулдан сўнг вафот этди + ФОТО 0 13:08"Ўғлимни катта дарвозадан эмас, орқа эшикдан чиқариб юборишди". Роналдунинг онаси терма жамоа атрофидаги машмашаларга муносабат билдирди 0 12:37Кормье Гэтжини огоҳлантирди: "Бундай қилиш ярамайди" 0 12:06Тошкентда сузиш бўйича Жаҳон кубоги бошланди 0

20 avg 11:55
Yangiliklar

Kurash

Osiyo-Okeaniya kurash konfederaciyasining 1-kongressiga O'zbekiston mezbonlik qildi

Teglar :  Kurash
Kecha Wyndham Tashkent mehmonxonasida Osiyo-Okeaniya kurash konfederaciyasining birinchi kongressi bo'lib o'tdi.

Kongressda IKA asoschi raisi Komil Yusupov, Osiyo-Okeaniya kurash konfederaciyasi prezidenti Komil Ro'ziev va hududiy federaciyalar rahbarlari hamda vakillari ishtirok etishdi. 

Kongress kun taritibiga asosan, 2017 yilning 15-24 sentyabr kunlari Turkmanistonning Ashxabod shahrida bo'lib o'tadigan Yopiq inshootlar va yakkakurashlar bo'yicha Osiyo o'yinlariga yuqori darajada tayyorgarlik ko'rish va o'tkazish, Dubay shahrida mezbonlik qiladigan navbatdan tashqari Kongress hujjatlarini tasdiqlash hamda tashkiliy masalalar ko'rib chiqildi. 
Osiyo o'yinlariga tayyorgarlik bo'yicha Turkmaniston Kurash Federaciyasi Prezidenti Mirzaquli Qurbonov va Indoneziya Kurash Federaciyasi Prezidenti Samsudinlarning axboroti tinglandi. 
Osiyo va Okeaniya qitalarida Kurashni keng targ'ib etish va rivojlantirish maqsadida Konfederaciya boshqaruv tizimida o'zgarishlar amalag oshirildi. 

Unga ko'ra: 

1. Birinchi vice-prezident: Yoxan Boshshof (Yangi Zellandiya)

2. Vice-prezident: Alisher Eshonxodjaev (O'zbekiston)

3. Vice-prezident: Bahrom Mo'minov (Qozog'iston)

4. Vice-prezident: Mirzaquli Qurbonov (Turkmaniston)

5. Vice-prezident: Samsudin (Indoneziya)

6.Bosh kotib: Farrux Saidqulov (O'zbekiston)

7.Texnik direktor: Ravi Kapur (Hindiston) etib saylandilar.

Qayd etish lozimki, Kurash azal-azaldan o'zbek xalqining eng sevimli qadriyatlaridan biri hisoblanadi. Kurash o'zida mardlik, halollik va oliyjanoblilik xislatlarini mujassam etganligi bilan ahamiyatlidir. SHu boisdan ham, bugungi kunga kelib dunyo uzra keng taraqqiy etib bormoqda. 

1998 yil Kurash Xalqaro Associaciyasi tasis etilib, uning tarkibida jahonning barcha qitasida Kurash Konfederaciyalari, 130 ga yaqin davlatda esa Kurash federaciyalari faoliyat olib bormoqda. 

Associaciyasi tarkibidagi Osiyo Kurash Konfederaciyasi 1999 yil tashkil etilgan bo'lib, qitamizda keng miqyosda Kurashni rivojlantirishga katta hissa qo'shdi. Osiyo o'yinlarining deyarli barcha turidan Kurash sporti rasman o'rin egalladi. 

Okeaniya Kurash Konfederaciyasi 2004 yil Yangi Zellandiyada tashkil etildi. Okeaniya qitasidagi qariyib barcha davlatlarda Kurash federaciyalari ochilib ushbu sport turi rivojlantirilmoqda. 

Zamonaviy sport tajribalaridan kelib chiqqan holda, ikki qitada ham kurash rivojini yanada oshirish maqsadida Konfederaciyalar birlashtirilib, 2017 yil 4 yanvar kuni Osiyo-Okeaniya Kurash Konfederaciyalari tashkil etildi. 

SHu kungacha Kurash Xalqaro Associaciyasi Prezidenti maslahatchisi sifatida faoliyat yuritib kelgan o'zbekistonlik Komil Ro'ziev Konfederaciya Prezidenti etib saylandi. Hozirda Konfederaciyaga 40 ga yaqin mamlakat federaciyalari azo hisoblanadi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing