So’nggi yangiliklar

16:33Темиров ўзи жанг қилишни хоҳлайдиган спортчи номини айтди 0 16:00Гильермо Очоа профессионал футболдаги фаолиятини якунлаганини эълон қилди 0 15:27Ўзбекистонда UFC турнири қачон ўтказилади — Рамазон Темиров ўз фикри билан бўлишди 0 14:55Рамазон Темиров Асу Алмабаев билан UFC'даги эҳтимолий жанг ҳақида гапирди 0 14:33Рамазон Темиров: "Бу жангда ютсам, Эрцегнинг ўрнига кўтариламан, деб ўйлайман" 0 14:12Трамп Инфантинони яна бир катта лавозимга тайинламоқчи 0 13:37Богдан Гусков: «Анкалаев ярим оғир вазн тоифасидаги энг кучли жангчи» 0 13:00FIDE Самарқанддаги Олимпиада олдидан Беларусь шахматчиларига нисбатан қўлланган барча санкцияларни бекор қилди 0 12:32Жаско коач Рамазон Темировнинг вазни қандай ҳолатда эканини айтди 0 11:59AIPS ЖЧ-2026нинг энг яхши ўн нафар футболчиси номини эълон қилди 0 11:27Магомед Анкалаев Алекс Перейрага қарши реваншга чиққанидан афсусдалигини тан олди 0 10:55Рамазон Темиров илк бор Стив Эрцег ҳақида гапирди 0 10:24Тайсон Фьюрининг жанги жонли эфирда намойиш этилмайди 0 09:52МЮ афсонаси Аргентинанинг финалдаги ўйини ҳақида: "Бир қоп аҳлатдек ўйнашди" 0 09:11Бугун Иқболжон Холдаров ва Самандар Олимов Арманистонда рингга чиқади 0

26 sen 20:57
Yangiliklar

Osiyo o'yinlari

Osiyo Olimpiya kengashi ishchi guruhi O'zbekistonning Osiyo o'yinlarini qabul qilish imkoniyatlarini muhokama qildi

Malumki yurtimiz kelajakda yirik kompleks sport musobaqalarini qabul qilish yo'lida katta hajmdagi ishlarni olib bormoqda.

Xususan, 2025 yili o'smirlar Osiyo o'yinlari, 2030 yili Osiyo o'yinlarini qabul qilish shular jumlasidandir. Ayni paytda Osiyo Olimpiya kengashining (OOK) bir qator vakillari yurtimizda bo'lib turishibdi. Ularning asosiy maqsadi yuqorida tilga olib o'tilgan musobaqalarni qabul qilish uchun O'zbekistonning imkoniyatlarini har tomonlama o'rganib chiqishdir. 

Ikki kun ichida Xalqaro tashkilot vakillari Toshkentdagi qator sport obektlarini batafsil ko'zdan kechirishdi. Bugun OOK faxriy va umrbod vice-prezidenti Vey Jijong boshchiligidagi delegaciya o'z xulosalari bilan o'rtoqlashish uchun O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasiga tashrif buyurdi. 

Mehmonlarni MOQ prezidenti Rustam SHoabdurahmonov kutib oldi. Suhbatda shuningdek, O'zbekiston Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o'rinbosari Oybek Kasimov ham ishtirok etdi. 

Yig'ilishda Vey Jijong delegaciyaning yakuniy xulosasini o'qib eshittirdi. 

O'zbekistonga 4 yil muqaddam tashrif buyurgan edim. O'sha davr bilan solishtirganda juda katta o'zgarishlarga guvoh bo'ldim. Bu esa mamlakatingizning ancha rivojlanganini anglatadi. O'zbekiston o'smirlar Osiyo o'yinlarini qabul qilishi borasida bizda hech qanday etiroz yo'q. Qisqa fursat ichida bartaraf etish mumkin bo'lgan bazi kichik jihatlarni aytmasa, hozirning o'zidayoq yurtingiz musobaqani yuqori saviyada o'tkaza olishiga ishonamiz. Ayniqsa, futbol, taekvondo, dzyudo, sport kurashlari, og'ir atletika, tennis, golf, o'q otish sport turlarini o'tkazish uchun barcha narsa shay. Biroq Osiyo o'yinlari uchun boshqacha yondoshuv kerak. Negaki, bu katta masshtabdagi musobaqa. Arenalar, mamlakatning texnologik va logistik salohiyatida qilishini kerak bo'lgan bazi ishlar bor. Lekin shuni ayta olamanki, asosiysi sizlarda Osiyo o'yinlarini ham qabul qilish uchun etarli potencial bor. Bu, avvalo, shaxsan Prezidentingiz qo'llab-quvvatlashi va xalqingizning sportni yaxshi ko'rishida ko'rinadi. SHunday jihatlar bilan qolgan kamchiliklarni bartaraf etish katta muammo emas”, – dedi Vey Jijong.

O'z navbatida Rustam SHoabdurahmonov ham yurtimizda Osiyo o'yinlarini qabul qilish uchun ishlab chiqilayotgan rejalar, hukumatimizning bu tashabbusni qanchalik qo'llab kelayotgani borasida aytib o'tdi.

“Avvalo, arizamizga beetibor bo'lmay, yurtimizga delegaciya jo'natgan Osiyo Olimpiya kengashi va Sizlarga chuqur minnatdorchilik bildirib qolamiz. Aytib o'tganingizdek, davlatimiz rahbari sportga juda katta etibor qaratmoqda. Yoshlarimizni jismoniy tarbiya va ommaviy sportga jalb etish g'oyasiga hukumat darajasida qaraladi. Sizlarning bergan tavsiyangiz biz uchun juda qimmatli. Ana o'sha yo'nalishlar bo'yicha biz tayyorgarlikning keyingi bosqichlarini olib boramiz. Sport obektlarini qurish borasida hukumatimiz bizni qo'llab-quvvatlaydi. Jismoniy tarbiya va sport vazirligi bilan bu borada katta dasturlar ishlab chiqilgan. Ishontirib ayta olamanki, xalqaro tashkilot har ikki musobaqani ham O'zbekistonga ishonib topshirsa, biz uni yuqori saviyada o'tkazib bera olamiz”, – dedi Rustam SHoabdurahmonov.

Yig'ilish davomida delegaciya vakillari har bir sport turi bo'yicha xalqaro federaciyalar qo'ygan talablar, ushbu musobaqalarni o'tkazish tartiblari bo'yicha qo'shimcha malumotlarni berib o'tishdi. Muzokaralarning keyingi qismi 28 sentyabr kuni Doxada o'tadigan Osiyo Olimpiya kengashining Ijroqo'm yig'ilishida davom etadi. Unda O'zbekiston tomoni musobaqani o'tkazish borasida ishlab chiqqan taqdimotini yig'ilish ishtirokchilariga namoyish etadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing