30 okt 08:52
Yangiliklar
Osiyo o'yinlar-2025: Barakali chorshanba! Kecha 16 ta medal qo'lga kiritdik + FOTOGALEREYA
Ushbu kompleks musobaqaning navbatdagi kun bahslari sportchilarimiz uchun omadli va barakali keldi. O'zbekiston terma jamoasi kunni 5 ta oltin, 5 ta kumush va 6 ta bronza medali bilan yakunladi. Sportchilarimiz dzyudo, og'ir atletika va erkin kurash bahslarida shohsupaga ko'tarilishdi.
CHempionlarimiz sharafiga Bahrayn zaminida 5 marotaba O'zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi yangradi.
Kechagi kun g'olib va sovrindorlarimiz:
Oltin medallar
- Munisbek Davletov (og'ir atletika, -88 kg, dast ko'tarish)
- Munisbek Davletov (og'ir atletika, -88 kg, siltab ko'tarish)
- Dilafro'z Boltaboeva (dzyudo, -40 kg)
- Abubakr Sattorov (dzyudo, -55 kg)
- Bunyod Rufatov (erkin kurash, -80 kg)
Kumush medallar
- Alina Kolyucheva (dzyudo, -44 kg)
- Davlat Axrorov (dzyudo, -60 kg)
- SHahobiddin Nurmanov (erkin kurash, -48 kg)
- SHohista SHonazarova (erkin kurash, -43 kg)
- SHahnoza Haydarova (og'ir atletika, -69 kg, dast ko'tarish)
Bronza medallar
- SHohjahon Usmonov (dzyudo, -50 kg)
- Zuhra Alimova (dzyudo, -52 kg)
- Abdumalik Jaloldinov (erkin kurash, -55 kg)
- SHohiddin Aliev (erkin kurash, -65 kg)
- Dilnura Avezova (erkin kurash, -57 kg)
- Muhayyo Rahimjonova (erkin kurash, -69 kg)
















Fikrlar