So’nggi yangiliklar

12:59Жамолиддин Раҳмонжонов Тошкентдаги Octagon 94 турнирида иштирок этади 0 12:06ЎзПФЛ Ўзбекистон кубоги финал майдони ва санаси ҳақида маълумот берди 0 11:38БУМ! Ўзбекистондаги UFC турнири қачон ва қаерда ўтказилиши ҳақида маълумотлар пайдо бўлди (ФОТО) 0 11:04Гандболчиларимиз аёллар ўртасидаги Осиё чемпионатида иштирок этишмоқда 0 10:38"The Notorious қайтди" — Макгрегор тиззасидаги операциядан сўнг машғулотларни бошлаганини маълум қилди 0 10:07Ўзбекистон кубоги. Бугун финалчилар аниқланади 0 09:36Мадримов Ўзбекистондаги жанги олдидан рақиб топиш қийин кечганини айтди 0 09:05Жалолов ҳам, Уайт ҳам эмас. Деонтей Уайлдерга бошқа рақиб берилди + ПОСТЕР 0 08:34Бугун Женевада Жаҳон тожи учун Гукеш ва Синдаров ўртасидаги суперматч бошланади 0 08:03"Истанбул Башакшеҳир" 13 дақиқада 4 та гол уриб, супекамбек намойиш этди 0 07:32Mangu 7 турнирининг яна бир жанги эълон қилинди. Унда мағлубиятсиз одимлаётган ҳамюртимиз иштирок этади (ПОСТЕР) 0 07:01Бугун тарихий Saber Tashkent Grand Prix Cadets 2026 турнири старт олади 0 19:58Никита Белозерцев Анқара Челленжерининг асосий тўрига йўл олди 0 19:27Лапорта: “Бу йил "Барселона" йили бўлиши керак” 0 18:56Жон Жонс октагонга қайтиш имкониятини инкор этмади 0

01 may 08:13
Yangiliklar

Kurash

Osiyo o'yinlari-2026. Kurash bo'yicha vazn toifalari elon qilindi

Yaponiyaning Aichi va Nagoya shaharlarida 2026 yilgi yozgi Osiyo o'yinlariga tayyorgarlik qizg'in davom etmoqda.

Qitamizdagi eng nufuzli sport musobaqasi dasturidan bu safar ham milliy sport turimiz bo'lgan kurash o'rin oldi. Osiyo Olimpiya Kengashi (OCA) va barcha sport turlari texnik direktorlari bilan muhim uchrashuv bo'lib o'tdi. Musobaqaning aniq sanalari, vazn toifalari, o'tkaziladigan joy va tashkiliy jihatlari atroflicha muhokama qilindi.

Qayd etish joiz, kurash bo'yicha erkaklar va ayollar o'rtasida uchta vazn toifasi tasdiqlangan. Bu qaror birinchi navbatda ishtirokchilarning umumiy sonini cheklash uchun qabul qilingan. Dastlab tashkiliy qo'mita 13 ming sportchi uchun infratuzilma yaratishning imkoni yo'qligi, shu bois ishtirokchilarning umumiy sonini 10 ming nafarga kamaytirishga qaror qilingani haqida xabar bergan edi. Ushbu o'zgarish kurash, karate, ushu va boshqa ko'plab sport turlari bo'yicha vazn toifalarining qisqarishiga olib keldi.

Musobaqada ishtirok etayotgan kurashchilar boshqa sport turlari vakillari bilan birga Yaponiyaning Nagoya shahrida tutashadigan maxsus sayohat kemasiga joylashtiriladi. Suzuvchi mehmonxona 5000 ga yaqin sportchi va rasmiy delegaciya azolarini qabul qiladi.

Kurash musobaqalari 2026 yilning 27, 28 va 29 sentyabr kunlari bo'lib o'tadi. Musobaqa Aichi prefekturali jang sanatlari zalida bo'lib o'tadi. Ushbu arenada jiu-jitsu, otish va ushu bo'yicha musobaqalar o'tkazilishi rejalashtirilgan.

Osiyo o'yinlarining tantanali ochilish marosimi 19 sentyabr, yopilishi esa 4 oktyabrda bo'lib o'tadi. Tashkilotchilar marosimlarda 35 mingga yaqin mehmon kelishini kutmoqda.

XX yozgi Osiyo o'yinlarida kurash bo'yicha rasmiy vazn toifalari quyidagicha:

— Ayollar: -57 kg, -78 kg, +87 kg

— Erkaklar: -66 kg, -81 kg, +90 kg.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing