28 apr 12:31
Yangiliklar
Kurash

Osiyo o'yinlari poytaxtida kurash bo'yicha qita chempionati boshlandi
Xitoyning Xanchjou shahrida kurash bo'yicha Osiyo chempionati va jahon seriyasiga kiruvchi bosqichlaridan biri start oldi.
Reglamentga ko'ra, 28-29 aprel kunlari qita birinchiligi, 30 aprel kuni esa seriya turniri bo'lib o'tadi.
Har ikki musobaqada 19 mamlakatdan 100 nafarga yaqin sportchi ishtirok etmoqda. Yana bir ahamiyatli tomoni, mazkur chempionat joriy yil o'tadigan Xanchjou-2022 Osiyo o'yinlari oldidan sinov turniri vazifasini ham o'tab beradi.
SHu bois bellashuvlar erkaklar o'rtasida -66 kg, -81 kg, -90 kg, +100 kg, ayollar o'rtasida esa -57 kg, -63 kg, -70 kg, +87 kg vazn toifalarida o'tkazilmoqda.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar