03 okt 16:55
Yangiliklar
Osiyo o'yinlarining 14-kunini beshta medal bilan yakunladik
Kun yakuniga ko'ra, O'zbekiston sport delegaciyasi 1 ta oltin, 2 ta kumush va 2 ta bronza medali bilan yakunladik.
Sovrindorlarimiz:
Oltin:
Taxmina Ikromova (badiiy gimnastika)
Kumush:
Marat Mavlonov (taekvondo)
SHerzod Poyonov (spot kurashlari)
Bronza:
Svetlana Osipova (taekvondo)
O'zbekiston dzyudo terma jamoasi (miks dzyudo)
Ushbu sahifa orqali o'zbekistonlik sportchilar qayd etayotgan natijalar bilan onlayn ravishda tanishib borishingiz mumkin bo'ldi.
16:45. Badiiy gimnastika. Jamoaviy bahslarni 49.850 ball bilan 4-o'rinda yakunladik
15:55. Badiiy gimnastikachilarimiz to'p bilan mashqlarni 4-o'rinda yakunlashdi. Oldinda ikkinchi mashq ham bor.
15:50. Erkin kurash. SHerzod Poyonov finalda eronlik raqibga qarshi kurashdi va afsuski imkoniyatni boy berdi. KUMUSH!
14:22. Dzyudo. O'zbekiston terma jamoasi aralash jamoaviy bahslarda bronza medali uchun Janubiy Koreyaga qarshi kurashdi va 4:2 hisobida g'alaba qozondi! BRONZA!
13:37. KUMUSH! Taekvondochimiz Marat Mavlonov finalda eronlik raqibiga qarshi bahs olib bordi va imkoniyatni boy berdi. Sportchimizda KUMUSH MEDAL!
13:12. Futbol. Bronza uchun bahsda Xitoyga penaltilar seriyasida mag'lub bo'ldik. Asosiy vaqt 2:2 hisobida yakunlandi. Penaltilar seriyasida esa Xitoy 4:3 hisobida g'alaba qozondi.
12:25. FINAL! Marat Mavlonov ajoyib jang evaziga Janubiy Koreya vakilini mag'lubiyatga uchratdi! U oltin medal uchun endi eronlik raqibga qarshi bahs olib boradi!
12:18. OLTINNN!!! Badiiy gimnastikachimiz Taxmina Ikromova eng yuqori ball to'plab, birinchi o'rinni qo'lga kiritdi! O'zbekistonda 21-oltin!
11:48. Taekvondo. Svetlana (Osipova) Saidova yarim finalda xitoylik raqibasiga 0:2 hisobida yutqazdi. BRONZA!
10:35. Badiiy gimnastikachimiz Taxmina Ikromova ikkita urinishdan so'ng hozircha birinchi o'rinda ketmoqda. Yana ikkita urinish qoldi.
10:28. Dzyudo. Jamoaviy bahslarda bronza uchun Janubiy Koreyaga qarshi kurashamiz. Koreyslar yarim finalda Qozog'istonga imkoniyatni boy berishdi. Bahs Toshkent vaqti bilan taxminan 13:20 dan keyin boshlanadi.
10:10. Voleybol. Erkaklar terma jamoamiz Gonkongni 3:0 hisobida mag'lub etishdi. 16 ta terma jamoa ichida 15-o'rin.
10:00. CHim ustida xokkey. Erkaklar terma jamoamiz SHri-Lankaga 2:4 hisobida mag'lub bo'ldi. Musobaqani 12 ta terma jamoa ichida 10-o'rinda yakunlashdi.
9:55. Erkin kurash. Razambek Jamalov bronza uchun o'tish bahsida hindistonlik raqibiga yutqazdi.
9:50. Kamondan otish. Amirxon Sodiqov chorak finalda hindistonlik raqibiga 2:6 hisobida yutqazdi.
9:40. Dzyudo. Jamoaviy bahslarda ilk bosqichda Yaponiyaga 1:4 hisobida yutqazdik. Bronza uchun o'tish bahsida Xitoy Taypeyi 4:0 hisobida mag'lub etildi. Endi bronza uchun bahs olib boramiz.
9:30. Taekvondo. Svetlana Saidova (Osipova) Gonkong va Vetnam vakilalarini mag'lubiyatga uchratib, yarim finalga chiqdi.
9:15. Erkin kurash. SHerzod Poyonov Bahrayn, Mo'g'uliston va Hindiston vakillarini mag'lubiyatga uchratib, finalga yo'l oldi. Endi u bugun finala eronlik raqibga qarshi kurashadi.
9:00. Ayollar kurashi. Sohibjamol Esbosinova hindistonlik raqibasiga yutqazdi.
8:55. Ayollar kurashi. Layloxon Sobirova avvaliga indoneziyalik raqibasini mag'lub etdi, keyin esa qozog'istonlik sportchiga yutqazdi.
8:15. Taekvondo. Marat Mavlonov Xitoy Taypeyi vakilini mag'lubiyatga uchratdi va yarim finalga yo'l oldi.
8:00. Taekvondo. Najmiddin Qosimxojiev indoneziyalik raqibini mag'lub etdi, ikkinchi jangda esa Tailand vakiliga yutqazdi.
6:55. Erkin kurash. Olimpiada chempioni Razambek Jamoalov ilk jangida eronlik raqibga mag'lub bo'ldi.
6:45. Erkin kurash. G'ulomjon Abdullaev ilk jangida yaponiyalik raqibga imkoniyatni boy berdi.
6:00. Taekvondo. Madina Mirabzalova tailandlik raqibasiga yutqazdi.
Bugun musobaqada ishtirok etadigan o'zbekistonlik sportchilar ro'yxati:
(Toshkent vaqti bilan)
CHim ustida xokkey, erkaklar, 9—12—o'rinlar uchun — 5:00 — O'zbekiston — SHri Lanka
Taekvondo, ayollar (57 kg), nimchorak final — 5:00 — Madina Mirabzalova — Natkamon Vassana (Tailand)
Regbi, erkaklar — 5:25 — O'zbekiston — Tailand
Ot sporti, konkur — 5:30 — Bahromjon Gaziev
Ot sporti, konkur — 5:30 — Bekzod Qurbonov
Taekvondo, erkaklar (68 kg), nimchorak final — 5:35 — Najmiddin Qosimxojiev — Jafif Kavka Putravitama (Indoneziya)
Taekvondo, ayollar (+67 kg), nimchorak final — 6:00 — Svetlana Saidova (Osipova) — Xo Yan CHyong (Gongkong)
Voleybol, erkaklar, 9—16—o'rinlar uchun — 6:00 — O'zbekiston — Gongkong
Erkin kurash (57 kg), saralash — 6:35 — G'ulomjon Abdullaev — Yamato Ogava (Yaponiya)
Erkin kurash (74 kg), nimchorak final — 6:45 — Razambek Jamalov — Yones Emomichogxay (Eron)
Erkin kurash (97 kg), nimchorak final — 7:00 — SHerzod Poyonov — Magomed SHaripov (Baxrayn)
Ayollar kurashi (57 kg), nimchorak final — 7:20 — Layloxon Sobirova — Mutoxarox (Indoneziya)
Taekvondo, erkaklar (+80 kg), chorak final — 7:50 — Marat Mavlonov
Dzyudo, aralash jamoaviy dastur, chorak final — 8:00 dan so'ng — O'zbekiston — Yaponiya
Ayollar kurashi (53 kg), chorak final — 8:40 — Sohibjamol Esbosinova
Kamondan otish, erkaklar — 9:00 — Amirxon Sodiqov — Diraj Bommadevara (Hindiston)
Badiiy gimnastika, yakkalik ko'pkurashi — 9:00 — Taxmina Ikromova
Futbol, erkaklar, 3—o'rin uchun — 11:00 — O'zbekiston — Xitoy
Badiiy gimnastika, jamoaviy ko'pkurash — 15:00 — O'zbekiston (Diana Hakimova, Sofiya Usova, Yasina Jo'raeva, Milana Safina, Irodaxon Sodiqova)
Fikrlar