26 sen 18:30
Yangiliklar
Osiyo o'yinlarining ettinchi kunini 3 ta medal bilan yakunladik
Kun yakuniga ko'ra, o'zbekistonlik sportchilar 1 ta oltin va 2 ta kumush medal qo'lga kiritishdi.
Sovrindorlarimiz:
Oltin:
SHahriyor Mahkamov (baydarkada eshkak eshish)
Kumush:
Arina Tanatmisheva (baydarkada eshkak eshish)
Vladlen Denisov/Nilufar Zokirova (kanoeda eshkak eshish)
Ushbu sahifa orqali o'zbekistonlik sportchilar qayd etayotgan natijalar bilan onlayn ravishda tanishib borishingiz mumkin bo'ldi.
18:30. Sabohat Samijonova 1500 metrga yugurishda 7-o'rin bilan kifoyalandi.
18:00. Jonbibi Hukmova jarohat sabab 400 metrga yugurish finalida startga chiqmadi.
17:45. Ibrohim Mahkamov uch xatlab sakrashda beshinchi o'rin bo'ldi.
16:25. Sulton Gafurjonov 200 metrga yugurishda finalga chiqa olmadi.
16:10. Ayollar o'rtasida 200 metrga yugurish. Laylo Allaberganova va Jonbibi Hukmova finalga chiqa olmadi. Hukmovada jarohat.
16:00. CHim ustida xokkey. Erkaklar terma jamoamiz Xitoyga 1:3 hisobida yutqazdi.
14:35. Boks. -55 kg vaznli bokschimiz Samandar Olimov ilk jangida tailandlik raqibga to'qnash keldi va afsuski 2:3 hisobida imkoniyatni boy berdi.
14:28. Og'ir atletikachimiz Diyorbek Ro'zmetov siltab ko'tarish bahslarini 180 kg natija bilan tugatdi. Umumiy hisobda esa 336 kg bo'ldi. Afsuski bu medal uchun etarli emas.
14:00. Og'ir atletika. Diyorbek Ro'zmetov dast ko'tarish mashqlarini 156 kg natija bilan yakunladi. Bu 5-natija.
Kamonchilarimizning zamonaviy dastur yakkalik, ayollar va aralash jamoaviy dasturdagi natijalari quyidagicha bo'ldi:
12. Nilufar Hamroeva (662 ochko)
29. Ziyodaxon Abdusattorova (635 ochko)
36. Malika Anvarjonova (624 ochko)
8. Mikst jamoasi (1342 ochko)
10. Ayollar jamoasi (1921 ochko).
Suvga sakrash. Vyacheslav Kachanov va Igor Myalin juftligi 3 m masofadan tramplindan sinxron sakrash bahslarida 325.53 ochko to'pladi va beshinchi natijani qayd etdi. Medal uchun qariyb 20 ochko etmadi.
11:26. Og'ir atletikachimiz Adhamjon Ergashev siltab ko'tarish bellashuvlarida 176 kg natija bilan yakunladi. Ikkikurash yakuniga ko'ra 318 kg qayd etgan Ergashev musobaqani to'rtinchi o'rinda yakunladi.
10:24. Adhamjon Ergashev dast ko'tarish bahslarini 142 kg natija bilan uchinchi o'rinda yakunladi. Oldinda siltab ko'tarish bellashuvlari kutmoqda.
10:15. Gandbolchi qizlarimiz Qozog'istonga qarshi o'yinda 20:35 hisobida mag'lubiyatga uchradi.
8:41. Bokschimiz Sitora Turdibekova Osiyo o'yinlarini g'alaba bilan boshladi! U ilk bosqichda vemtnamlik Xa Txi Linni 5:0 hisobida taslim etdi.
8:35. O'q otish. Muxtasar Tohirova 50 m masofaga pnevmatik quroldan o'q uzish saralashida ishtirok etib, 581-22 ochko jamg'ardi. Bu unga hal qiluvchi bosqich yo'llanmasi uchun etarli bo'lmadi.
Kamonchilarimizning zamonaviy dastur saralashdagi natijalari quyidagicha bo'ldi:
9. Amirxon Sodiqov (680 ochko)
30. Bekzod Boborajabov (660 ochko)
47. O'tkirjon Hoshimov (640 ochko)
12. Jamoaviy (1814 ochko).
Sinxron suzuvchilarimiz Violetta Evenko hamda Anastasiya Baxtireva texnik duet dasturini 289.167 ochko bilan uchinchi o'rinda yakunlashdi. Vakilalarimizni ertaga erkin duet dasturi kutmoqda.
8:12. Sultonbek G'ofurjonov 200 m masofaga yugurish saralashida chiqish qildi. U 21.88 soniya natija bilan o'z guruhida oltinchi bo'ldi va yarim final bosqichiga yo'llanma oldi.
8:09. O'nkurash bahslari davom etmoqda. Yadro uloqtirish bellashuvlari yakuniga ko'ra, Nodir Norboev 13.09 m bilan olti, Zahiriddin SHokirov esa 12.65 m bilan to'qqizinchi natijani qayd etdi. Uchta dastur yakuniga ko'ra, hamyurtlarimiz mos ravishda etti va sakkizinchi o'rinlarni egallab turishibdi.
8:02. Afsuski, qilichbozlarimiz jamoaviy sablya dasturining chorak final bosqichida Gongkong yigitlariga 40:45 hisobida imkoniyatni boy berib qo'yishdi.
7:53. Bizda yana bir medal! Vladlen Denisov va Nilufar Zokirova mikst juftligi 500 m masofaga kanoeda eshkak eshish dasturida marraga ikkinchi bo'lib etib keldi va kumush medalga ega chiqdi.
7:45. OLTIIIIN! SHahriyor Mahkamov 500 m masofaga kanoeda eshkak eshish bellashuvlarida g'olib bo'ldi! Hamyurtimiz oltin medal yo'lida koreyalik va qozog'istonlik raqibidan ustun keldi.
7:34. Arina Tanatmisheva 500 m masofaga baydarkada eshkak eshish bahslarida kumush medalga sazovor bo'ldi. Oltin medal Xitoy, bronza esa qozog'istonlik sportchiga nasib etdi.
7:30. Engil atletikaning o'nkurash yo'nalishida ishtirok etayotgan Zahiriddin SHokirov 100 m masofaga yugurish bahslarini oltinchi o'rinda, Nodir Norboev esa to'rtinchi o'rinda yakunlashdi. Uzunlikka sakrash bahslarida SHokirov 7.35 m bilan to'rtinchi, Norboev 7.04 m bilan sakkizinchi natijani qayd etdi.
6:55. Jamoaviy sablya dasturida ishtirok etayotgan qilichboz yigitlarimiz nimchorak final bosqichida Vetnam terma jamoasi ustidan g'alaba qozondi — 45:35.
6:03. Engil atletikachimiz SHohruh Davlatov marafon bellashuvlarida to'qqizinchi natijani qayd etdi. U 42 km 195 m masofani 2 soat, 17 daqiqa, 44 soniyada bosib o'tdi.
Bugun musobaqada ishtirok etadigan o'zbekistonlik sportchilar ro'yxati bilan tanishing:
(Toshkent vaqti bilan)
Engil atletika, erkaklar, marafon finali - 3:30 - SHohruh Davlatov
Kamondan otish, erkaklar, yakkalik saralashi - 4:00 - Amirxon Sodiqov
Kamondan otish, erkaklar, ananaviy dastur saralashi - 4:00 - O'tkirjon Hoshimov
Kamondan otish, erkaklar, ananaviy dastur saralashi - 4:00 - Bekzod Boborajabov
Kamondan otish, erkaklar, ananaviy dastur jamaoviy saralashi - 4:00 - Amirxon Sodiqov/O'tkirjon Hoshimov/Bekzod Boborajabov
Engil atletika, erkaklar, o'nkurash - 5:05 - Zahiriddin SHokirov
Engil atletika, erkaklar, o'nkurash - 5:05 - Nodir Norboev
O'q otish, ayollar, 50 m masofaga pnevmatik quroldan o'q uzish saralashi - 5:45 - Muhtasar Toxirova
Qilichbozlik, erkaklar (jamoaviy), sablya - 6:30 - O'zbekiston - Vetnam
Sinxron suzish, texnik duet finali - 7:00 - Violetta Evenko/Anastasiya Baxtireva
Baydarkada eshkak eshish, ayollar, 500 m A finali - 7:30 - Arina Tanatmisheva
Kanoeda eshkak eshish, mikst, 500 m A finali - 7:50 - Vladlen Denisov/Nilufar Zokirova
Engil atletika, erkaklar, 200 m saralashi - 7:55 - Sultonbek G'ofurjonov
Gandbol, ayollar - 8:30 - Qozog'iston - O'zbekiston
Kamondan otish, ayollar, ananaviy dastur saralashi - 8:30 - Ziyodaxon Abdusattorova
Kamondan otish, ayollar, ananaviy dastur saralashi - 8:30 - Malika Anvarjonova
Kamondan otish, ayollar, ananaviy dastur saralashi - 8:30 - Nilufar Hamroeva
Kamondan otish, ayollar, ananaviy dastur jamoaviy saralashi - 8:30 - Ziyodaxon Abdusattorova/Malika Anvarjonova/Nilufar Hamroeva
Kamondan otish, ananaviy dastur mikst saralashi - 8:30 - O'zbekiston
Boks, ayollar (60 kg) - 8:30 - Sitora Turdibekova - Xa Txi Lin (Vetnam)
Og'ir atletika, erkaklar (70 kg), final - 9:30 - Adhamjon Ergashev
Ot sporti, ayollar, ot yo'rttirish saralashi - 11:05 - Alina SHevsova
Og'ir atletika, erkaklar (75 kg), final - 13:00 - Diyorbek Ro'zmetov
Boks, erkaklar (55 kg) - 14:15 - Samandar Olimov - Kangpi Boxuntod (Tailand)
CHim ustida xokkey, erkaklar - 15:00 - O'zbekiston - Xitoy
Engil atletika, ayollar, 200 m saralashi - 15:55 - Laylo Allaberganova
Engil atletika, ayollar, 200 m saralashi - 16:10 - Jonbibi Hukmova
Engil atletika, erkaklar, uch xatlab sakrash finali - 16:35 - Ibrohim Mahkamov
Engil atletika, ayollar, 400 m finali - 17:45 - Jonbibi Hukmova
Engil atletika, ayollar, 1500 m finali - 18:15 - Sabohat Samijonova.
Fikrlar