So’nggi yangiliklar

19:07Осиё ўйинларининг еттинчи кунида иштирок этадиган ўзбекистонлик спортчилар рўйхати маълум бўлди 0 18:55Осиё ўйинларининг олтинчи кунидан сўнг медаллар жамғариш рейтингида ўрнимиз қандай? 0 18:20Осиё ўйинларининг олтинчи кунини 5 та медаль билан тугатдик 0 18:17Европанинг етакчи лигалари ФИФА бошқарувини ислоҳ қилишни талаб қилмоқчи 0 17:59Осиё ўйинларининг эртанги кунида икки боксчимиз рингга чиқади 0 16:22АҚШга кетган Достон Бозоровнинг Octagon 92 турниридаги рақиби маълум бўлди 0 15:01Амирхон Алихўжаев Mangu 5 турнирида жанг қилади, рақиб яна Россиядан 0 15:00Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: Ўзбекистон - АҚШ, Ўзбекистон - Ҳиндистон ва бошқа натижалар (LIVE) 0 13:30Ўзбекистон тарихда илк бор Эронга 3 та гол урди 0 12:41Абдусатторов Каруанага қарши, Ваҳидов Аниш Гири билан ва барча жуфтликлар аниқ бўлди 0 11:22Расман! Тайсон Фьюри ва Энтони Жошуа ўртасидаги узоқ кутилган жанг ниҳоят эълон қилинди! 0 10:47Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: Ўзбекистон бугун АҚШга қарши ўйнайди ва бошқа жуфтликлар 0 21:50Осиё ўйинларининг эртанги куни ҳам биз учун медалларга бой ўтиши кутилмоқда (спортчилар рўйхати) 0 21:30Осиё ўйинларининг бешинчи кунидан сўнг медаллар жамғариш рейтингида яхшигина кўтарилдик 0 20:57Футбол. Ўзбекистон ўртоқлик ўйинида Эронни мағлуб этди 0

25 sen 18:20
Yangiliklar

Osiyo o'yinlari, Aichi-Nagoya-2026

Osiyo o'yinlarining oltinchi kunini 5 ta medal bilan tugatdik

Teglar :  Osiyo o'yinlari
25 sentyabr kuni Yaponiyadagi Osiyo o'yinlarida oltinchi kun bellashuvlari bo'lib o'tdi.

Kun davomida o'zbekistonlik sportchilar 1 ta oltin, 3 ta kumush va 1 ta bronza medallariga sazovor bo'lishdi. 

Sovrindorlarimiz:

Oltin:

Suxrob Xodjaev (engil atletika)


Kumush:

Milana Dushev-Yanich/Ekaterina SHubina/Arina Tanatmisheva/SHahrizoda Mavlonova (baydarkada eshkak eshish)

Vladlen Denisov (kanoeda eshkak eshish)

Nilufar Zokirova/SHohsanam SHerzodova (kanoeda eshkak eshish)


Bronza:

Rasuljon Abdurahimov (sport gimnastikasi)



Ushbu sahifa orqali o'zbekistonlik sportchilar qayd etayotgan natijalar bilan onlayn ravishda tanishib borishingiz mumkin bo'ldi.


18:10. OLTINNNN!!! Engil atletikaning bosqon uloqtirish yo'nalishida Suxrob Xodjaev 74.38 metr natija bilan birinchi bo'ldi! O'zbekistonda ettinchi oltin!


18:05. 400 metrga erkaklar o'rtasidagi yugurish bahslarida Abbosbek Toshtemirov final yo'llanmasini qo'lga kirita olmadi. 


18:00. Bosqon uloqtirish. Ayubxon Fayozov bahslarni 7-o'rinda yakunladi.


17:35. Engil atletika. Ayollar o'rtasida 400 metrga yugurish bahslarida Jonbibi Hukmova 17 nafar sportchi ichida 2-natijani ko'rsatib, finalga yo'l oldi. 


17:30. Futbolchi qizlarimiz chorak finalda Janubiy Koreyaga 3:6 hisobida imkoniyatni boy berishdi.


16:58. Engil atletika. Bosqon uloqtirishda bizning sportchilar o'z ishtirokini boshladi. Suhrob Xodjaev va Ayubxon Fayozov bahslarda ishtirok etishmoqda. Suhrob Xodjaev ilk urinishda 70.92 metr masofani zabt etdi  va ilk urinishdan so'ng birinchi o'ringa ko'tarilib oldi. 


16:15. Engil atletikaning ko'pkurash bahslarida qatnashayotgan O'g'iloy Norboeva umumiy hisobda 4-o'rinda yakunladi. Medalga ozgina etmadi...


16:00. Engil atletika. Sulton Gafurjonov 100 metrga yugurish bahslarida 24 nafar sportchi ichida 24-natijani ko'rsatdi. 


15:00. Sport gimnastikasi. Dildora Aripova o'z chiqishini 4-o'rin bilan tugatdi. Medalga ozgina etmay qoldi.


14:35. CHim ustida xokkeychi qizlarimiz Singapurga 1:3 hisobida yutqazishdi.


14:03. BIZDA MEDAL! Sport gimnastikasida sportchimiz Rasuljon Abdurahimov brustdagi mashqlarda bronza medaliga sazovor bo'ldi!


14:01. Suzish. Ilya Sibircev 400 metr masofaga erkin suzish bahslari finalida beshinchi o'rin bilan kifoyalandi.


12:05. Sohil voleyboli. O'zbekiston erkaklar terma jamoasi Yaponiyaga 0:2 hisobida yutqazdi.


11:51. Futbol. Erkaklar terma jamoamiz chorak finalda Saudiya Arabistonini 3:0 hisobida mag'lub etdi va yarim finalga yo'l oldi. Yarim finaldagi raqib Yaponiya yoki KXDR bo'ladi. 


10:23. Stol tennisi. SHohruh Iskandarov Gonkong vakiliga 1:4 hisobida yutqazdi.


10:15. Gandbol. Qizlarimiz Vetnam terma jamoasini 29:21 hisobida mag'lubiyatga uchratishdi.


10:12. Futbolchilarimiz Saudiya Arabistoni darvozasiga gol urishdi. JONLI EFIR UCHUN LINK


10:00. Stol tennisi. Asel Erkebaeva gonkonglik raqibasiga 2:4 hisobida yutqazdi.


9:40. Qilichbozlik. Bugun jamoamiz bahslar o'tkazilmoqda. Terma jamoalarimiz qayd etgan natijalar:

Ayollar (shpaga): 

1/8 final: O'zbekiston - Hindiston 45:29

1/4 final: O'zbekiston - Singapur 41:42


Erkaklar (rapira)

1/4 final: O'zbekiston - Gonkong 33:45 


9:30. Engil atletikaning ettikurash bahslarida qatnashayotgan O'g'iloy Norboeva uzunlikka sakrash va nayza uloqtirishda chiqish qildi. Ushbu ikkita chiqishdan keyin hamyurtimiz umumiy hisobda 5-o'rinni band etib turibdi.


9:23. Abdumalik Xalokov SHimoliy Koreya vakilini ishonchli tarzda 5:0 hisobida mag'lubiyatga uchratib, chorak final ishtirokchisiga aylandi.


9:00. Boks. Nigina O'ktamova tojikistonlik raqibasini 5:0 hisobida mag'lubiyatga uchratdi va chorak finalga yo'l oldi.  


8:55. Stol tennisi. Arujan Kamalova qozog'istonlik raqibasiga 0:4 hisobida yutqazdi.


8:45. O'q otish. Javohir Sohibov ham saralashda finalga etarli natija ko'rsata olmadi. 18-o'rin. 


8:30. O'q otish. Miks bahslarida 10-natijani ko'rsatdik. Bu finalga chiqishga etarli bo'lmadi.


8:19. Stol tennisi. Juftlikda erkaklar terma jamoamiz Singapurga 0:3 hisobida yutqazdi.


8:12. Kanoeda eshkak eshish. 500 metr juftlik bahslarida Nilufar Zokirova va SHohsanam SHerzodova tandemi marraga ikkinchi bo'lib etib keldi va O'zbekiston delegaciyasi g'aznasiga kumush medalni qo'shib qo'ydi.


8:05. Kanoeda 500 metrga eshkak eshishda Vladlen Denisov ham kumush medalga sazovor bo'ldi.


8:00. Kunning ilk medali kumush bo'ldi! Baydarkada eshkak eshish, ayollar (to'rtlik), 500 m A finali. Milana Dushev-Yanich/Ekaterina SHubina/Arina Tanatmisheva/SHahrizoda Mavlonova to'rtligi marraga ikkinchi bo'lib etib keldi va O'zbekiston delegaciyasiga kumush medalni qo'shib qo'ydi.


7:12. Suzish. Ilya Sibircev 400 metrga erkin suzishda eng yaxshi natija bilan finalga yo'l oldi. 


7:00. Suzish. 50 metrga brass usulida qatnashgan vakillarimiz Muhammadismoil Rahmonov va Iskandar Sadullaev finalga etarli natija qayd eta olishmadi. Barchasi saralashda tugadi bu yigitlar uchun. 




25 sentyabr kuni musobaqada ishtirok etadigan o'zbekistonlik sportchilar ro'yxati bilan tanishing: 

(Toshkent vaqti bilan)


Ot sporti, ayollar, ot yo'rttirish saralashi - 5:30 - Alina SHevsova

O'q otish, mikst, 10 m masofaga pnevmatik to'pponchadan o'q uzish saralashi - 5:45 - Muhammad Kamolov/Nigina Saidqulova

Engil atletika, ayollar, ettikurash - 6:00 - O'g'iloy Norboeva

Baydarkada eshkak eshish, erkaklar (juftlik), 500 m yarim finali - 6:00 - Ziyodbek Yo'ldoshaliev/SHahriyor Mahkamov

Suzish, erkaklar, 50 m brass saralashi - 6:08 - Iskandar Sadullaev

Suzish, erkaklar, 50 m brass saralashi - 6:10 - Muhammadismoil Rahmonov

Qilichbozlik, ayollar (jamoaviy), shpaga - 6:30 - O'zbekiston - Hindiston 

Suzish, erkaklar, 400 m erkin usulda suzish saralashi - 6:45 - Ilya Sibircev

O'q otish, erkaklar, 50 m pnevmatik miltiqdan o'q uzish saralashi - 6:45 - Javohir Sohibov 

Baydarkada eshkak eshish, ayollar (to'rtlik), 500 m A finali - 7:40 - Milana Dushev-Yanich/Ekaterina SHubina/Arina Tanatmisheva/SHahrizoda Mavlonova

Stol tennisi, erkaklar (juftlik) - 7:45 - Diyorbek Dilshodov/SHohruh Iskandarov - Quek Yong/Pang YU En (Singapur)

Kanoeda eshkak eshish, erkaklar, 500 m A finali - 7:50 - Vladlen Denisov

Stol tennisi, ayollar - 8:30 - Arujan Kamalova - Zauresh Akasheva (Qozog'iston)

Gandbol, ayollar - 8:30 - Vetnam - O'zbekiston

Boks, ayollar (54 kg) - 8:45 - Nigina O'ktamova - Bibinashastamo Xolova (Tojikiston)

Boks, erkaklar (60 kg) - 9:00 - Abdumalik Xalokov - O Tae Bom (SHimoliy Koreya)

Stol tennisi, ayollar - 9:15 - Asel Erkebaeva - C Cung Su (Gongkong)

Stol tennisi, erkaklar - 10:00 - SHohruh Iskandarov - CHun Ting Vong (Gongkong)

Futbol, erkaklar, chorak final - 10:00 - O'zbekiston - Saudiya Arabistoni

Sohil voleyboli, erkaklar - 11:00 - O'zbekiston - Yaponiya

CHim ustida xokkey, ayollar - 13:00 - Singapur - O'zbekiston

Sport gimnastikasi, erkaklar, parallel brust finali - 13:00 - Rasuljon Abdurahimov

Sport gimnastikasi, ayollar, erkin mashq finali - 13:00 - Dildora Aripova

Engil atletika, erkaklar, 100 m saralashi - 15:30 - Sulton G'ofurjonov

Futbol, ayollar, chorak final - 15:30 - Koreya Respublikasi - O'zbekiston

Engil atletika, erkaklar, bosqon uloqtirish finali - 16:40 - Ayubxon Fayozov

Engil atletika, erkaklar, bosqon uloqtirish finali - 16:40 - Suhrob Xojaev

Engil atletika, ayollar, 400 m saralashi - 17:30 - Jonbibi Hukmova

Engil atletika, erkaklar, 400 m saralashi - 17:45 - Abbosbek Toshtemirov.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing