29 sen 17:48
Yangiliklar
Osiyo o'yinlarining o'ninchi kunini 3 ta medal bilan yakunladik: ularning 2 tasi oltin!
Kun davomida o'zbekistonlik sportchilar 2 ta oltin va 1 ta bronza medalini qo'lga kiritishdi.
Sovrindorlarimiz:
Oltin:
Akbar Jo'raev (og'ir atletika)
Barnoxon Sayfullaeva (engil atletika)
Bronza:
Fazliddin Erkinboev
Ushbu sahifa orqali o'zbekistonlik sportchilar qayd etayotgan natijalar bilan onlayn ravishda tanishib borishingiz mumkin bo'ldi.
17:30. Tennis. Fomin/Sultonov tandemi Qozog'iston vakillariga 4:6, 2:6 hisoblarida mag'lub bo'ldi.
17:02. OLTINNN!!! Balandlikka sakrashda Barnoxon Sayfullaeva oltin medalga ega chiqib, delegaciyamizga 14-oltin medalni taqdim etmoqda!
15:53. Engil atletika. 800 metrga yugurish bahslari finalida hamyurtimiz Sabohat Samijonova marraga oxirgi bo'lib etib keldi.
14:45. Suvga sakrash. Vyacheslav Kachanov finalni 11-natija bilan yakunladi.
13:30. O'q otish. Azamat Qayumov trap yo'nalishini 4-o'rinda yakunladi. Medalga ozgina etmadi.
12:00. Tennis. Humoyun Sultonov xitoylik raqibini 6:1, 6:4 hisoblarida mag'lubiyatga uchratib, uchinchi bosqichga yo'l oldi.
11:42. Boks. Jahongir Zokirov finalda! U yarim finalda eronlik raqibini 2-raunddayoq mag'lub etdi! Jang mobaynida u raqibini uch marotaba nokdaun holatiga ham tushirib qo'ydi! Finaldagi raqib - qozog'istonlik Aybek Aralbay bo'ladi!
11:07. Voleybol. Erkaklar terma jamoamiz Qozog'istonga 1:3 hisobida mag'lub bo'ldi.
11:05. O'q otish. Trap yo'nalishida jamoaviy bahslar finalida 7-o'rin bo'ldik. Birozdan so'ng Azamat Qayumov ushbu yo'nalishda yakkalik dastur finalida ishtirok etadi.
11:00. Mobile Legends o'yinida Gonkongga 1:2 hisobida yutqazdik.
10:55. Bokschimiz Fazliddin Erkinboev yarim finalda hindistonlik bokschiga qarshi jang qildi va afsuski 1:4 hisobida mag'lub bo'ldi. BRONZA!
10:24. FINAL! Abdumalik Xalokov yarim finalda yaponiyalik raqibini 4:1 hisobida mag'lubiyatga uchratdi va finalga yo'l oldi!
9:53. OLTINNNN!!!! Akbar Jo'raev umumiy hisobda 423 kg natija bilan Osiyo o'yinlari chempioniga aylanmoqda!
9:33. Kamondan otish. Nilufar Hamroeva filippinlik raqibasiga mag'lub bo'ldi.
9:30. Suvga sakrash. Vyacheslav Kachanov beshinchi natija bilan finalga yo'l oldi. Final bugun 13:30da boshlanadi.
9:20. Kamondan otish. Ziyodaxon Abdusattorova xitoylik raqibasiga mag'lub bo'ldi.
8:45. Og'ir atletika. Akbar Jo'raevning ishtiroki boshlandi. Oltin medal kutamiz!
8:23. Slalomda eshkak eshish. Anvar Klevleev saralashni ikkinchi o'rinda yakunladi va finalga yo'l oldi!
8:15. Velosport. Ayollar terma jamoamiz jamoaviy taqib poygasi to'rtinchi natija bilan finalga yo'l olishdi.
8:00. Mobile Legends o'yinida Myanmaga 0:4 hisobida mag'lub bo'ldik.
7:30. Kamondan otish. Amirxon Sodiqov qozog'istonlik raqibidan ustun kelib, chorak finalga yo'l oldi. Endi uning chorak final bahslari 3 oktyabr kuni o'tkaziladi.
7:15. Slalomda eshkak eshish. Yakkalik qayiqlarda Jonibek Temirgaliev saralashdan muvaffaqiyatli o'tdi va finalga yo'l oldi. Pavel Eygel esa nima uchundir bahslarda ishtirok etmadi.
7:00. Kamondan otish. Quraga ko'ra ikki o'zbekistonlik o'zaro bahs olib bordi: Amirxon Sodiqov Bekzod Boborajabovni mag'lub etdi
6:40. Kamondan otish. Bekzod Boborajabov Yamanlik raqibini mag'lubiyatga uchratib, keyingi bosqichga yo'l oldi.
Bugun musobaqada ishtirok etadigan o'zbekistonlik sportchilar ro'yxati:
(Toshkent vaqti bilan)
Kamondan otish, erkaklar, 1/24 final - 4:15 - Bekzod Boborajabov - Nasr Alsayaxi (Yaman)
Kamondan otish, erkaklar, 1/16 final - 5:00 - Amirxon Sodiqov
Kibersport, Mobile Legends o'yini - 5:00 - Myanma - O'zbekiston
O'q otish, erkaklar, trap saralashi - 6:00 - Azamat Qayumov
O'q otish, erkaklar, trap saralashi - 6:00 - Oxunjon Abduqodirov
O'q otish, erkaklar, trap saralashi - 6:00 - Timur Enaliev
O'q otish, erkaklar jamoaviy, trap finali - 6:00 - Azamat Qayumov/Oxunjon Abduqodirov/Timur Enaliev
Slalomda eshkak eshish (baydarka), erkaklar, saralash - 6:30 - Jonibek Temirgaliev
Slalomda eshkak eshish (baydarka), erkaklar, saralash - 6:30 - Pavel Eygel
Velotrek, ayollar, jamoaviy taqib saralashi - 6:40 - Nafosat Qozieva/Samira Ismoilova/Yanina Kuskova/Asal Rizaeva
Kibersport, Mobile Legends o'yini - 6:55 - O'zbekiston - Gongkong
Slalomda eshkak eshish (kanoe), erkaklar, saralash - 7:50 - Anvar Klevleev
Suvga sakrash, erkaklar, 3 m tramplin saralashi - 8:00 - Vyacheslav Kachanov
Og'ir atletika, erkaklar (110 kg), final - 8:30 - Akbar Jo'raev
Voleybol, erkaklar - 9:00 - O'zbekiston - Qozog'iston
Kamondan otish, ayollar, 1/16 final - 9:15 - Nilufar Hamroeva - Gabriella Bidaure (Filippin)
Kamondan otish, ayollar, 1/16 final - 9:15 - Ziyodaxon Abdusattorova - Yuvey Xuang (Xitoy)
Tennis, erkaklar, yakkalik saralashi - 10:00 - Humoyun Sultonov - Fanming Meng (Xitoy)
Boks, erkaklar (-60 kg), yarim final - 10:00 - Abdumalik Xalokov - SHonsuke Kitamoto (Yaponiya)
Boks, erkaklar (-80 kg), yarim final - 10:30 - Fazliddin Erkinboev - Ankush (Hindiston)
Boks, erkaklar (+90 kg), yarim final - 11:15 - Jahongir Zokirov - Amir Esmaili (Eron)
Tennis, erkaklar, juftlik saralashi - 12:30 - Humoyun Sultonov/Sergey Fomin - Aleksandr SHevchenko/Timofey Skatov
Engil atletika, ayollar, balandlikka sakrash finali - 15:05 - Barnoxon Sayfullaeva
Engil atletika, ayollar, balandlikka sakrash finali - 15:05 - Valeriya Gorbatova.
Fikrlar