27 sen 18:00
Yangiliklar
Osiyo o'yinlarining sakkizinchi kunini to'rtta medal bilan tugatdik: shulardan ikkitasi oltin!
Kun davomida o'zbekistonlik sportchilar 2 ta oltin va 2 ta bronza medallariga ega chiqishdi.
Sovrindorlarimiz:
Oltin:
Ibodatxon Agojonova (kurash)
SHohruhxon Bahtiyorov (kurash)
Bronza:
Qilichbozlik: sablya, jamoaviy, ayollar
Bekmurod Oltiboev (kurash)
Ushbu sahifa orqali o'zbekistonlik sportchilar qayd etayotgan natijalar bilan onlayn ravishda tanishib borishingiz mumkin bo'ldi.
17:55. Nayza Uloqtirish bahslarida Nargizaxon Qo'chqorova 60,97 metr natija bilan to'rtinchi bo'ldi. Bronzaga ozgina etmadi. Afsus...
17:15. O'nkurashda ishtirok etgan yigitlarimizdan Nodir Norboev to'rtinchi, Zahriddin SHokirov esa 6-o'rin bilan bahslarni yakunladi. Afsuski Norboevda medal uchun biroz etmadi...
16:50. SHarifa Davronova uzunlikka sakrash bahslarida 6,21 metrga sakradi va bahslarni 6-o'rinda yakunladi. Bu sportchimizning asosiy yo'nalishi uch xatlab sakrash ekanligini qo'shimcha qilib o'tishimiz lozim.
15:54. Og'ir vaznli bokschimiz Jahongir Zokirov tojikistonlik raqibiga xech qanday imkoniyat qoldirmadi (5:0) va yarim finalga yo'l oldi!
15:00. SHarifa Davronova uzunlikka sakrash bahslarida ishtirok etmoqda.
14:42. Qilichbozlik. Sablyachi qizlarimiz yarim finalda Yaponiyaga 33:45 hisobida mag'lub bo'lishdi. BIZDA BRONZA!
14:35. Tennis. Fomin/Sultonov juftlik Xitoy Taypeyi terma jamoasini 4:6, 6:3, 10:3 hisoblarida qiyinchilik bilan mag'lub etdi.
14:21. Bokschimiz Abdumalik Xalokov chorak finalda filippinlik raqibi ustidan ishonchli tarzda 5:0 hisobida g'alabaga erishdi. Yarim final!
13:49. Bokschimiz Navbahor Hamidova afsuski chorak finalda hindistonlik kuchli raqibasiga 0:5 hisobida imkoniyatni boy berdi.
13:30. O'q otish bo'yicha saralashdagi natijalarimiz:
25 metr, to'pponcha:
7. Nigina Saidqulova (290 ochko).
Trap:
5. Jamoaviy dastur (133 ochko)
7. Azamat Qayumov (48 ochko)
24. Oxunjon Abduqodirov (44 ochko)
34. Timur Enaliev (41 ochko)
13:00. Nagoyadagi yomg'ir sababli tennischi yigitlarimizning juftlikdagi o'yini to'xtab qoldi. Hozircha 4:6, 4:3 hisobida yutqazyapmiz.
11:25. OLTINNN!!!! Kurashda ikkinchi oltin! +90 kg vaznli SHohruhxon Bahtiyorov finalda tojikistonlik raqibini mag'lubiyatga uchratib, oltin medalga sazovor bo'ldi! O'zbekistonda o'ninchi oltin!
11:10. OLTINNNN!!!! Kurashchimiz Ibodatxon Agojonova (-57 kg) finalda Xitoy Taypeyi vakilasini mag'lubiyatga uchratdi va oltin medalga sazovor bo'ldi! O'zbekistonda 9-oltin!
10:40. Gandbol. Ayollar terma jamoamiz Gonkongni 28:27 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.
10:35. Kurash. SHohruhxon Bahtiyorov Bekmurod Oltiboevni mag'lubiyatga uchratib, finalga yo'l oldi. Oltiboevda bronza!
10:18. Kurash. Ibodatxon Agojonova yaponiyalik raqibasini halol bahosi evaziga mag'lubiyatga uchratib, finalga yo'l oldi.
9:40. Dayving, yani suvga sakrashda Abdulvahob Vahobov/Amal Mavlonov tandemi bahslarni medalsiz yakunladi.
9:33. Sinxron suzish. Anastasiya Baxtiyorova/Violetta Evenko tandemi final bahslarini 4-o'rinda yakunladi.
9:32. CHim ustida xokkey. Ayollar terma jamoamiz Indoneziyani 2:1 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.
9:30. Engil atletika. Ko'pkurashchimiz Nodir Norboev langarcho'pga tayanib sakrash mashqlaridan so'ng onlayn jadvalda birinchi o'ringa ko'tarilib oldi.
9:22. Qilichbozlik. Sablyachi qizlarimiz jamoaviy bahslarda Hindistonni 45:35 hisobida mag'lubiyatga uchratib, yarim finalga chiqishdi.
9:20. Sevil Yuldasheva eronlik raqibasiga 5:7. 3:6 hisoblarida yutqazdi.
9:19. Tennis. Darya SHubina Osiyo o'yinlariga borib gonkonglik raqibasiga qarshi ikkita geym o'ynadi va nomalum sabablarga ko'ra o'yinni davom ettira olmadi. Sabab - jarohat bo'lishi mumkin.
9:16. Kurash. Ibodatxon Agojonova, Bekmurod Oltiboev va SHohruhxon Baxtiyorov yarim finalga chiqdi. Agojonova final yo'llanmasi uchun yaponiyalik raqibasiga qarshi gilamga chiqadi. Oltiboev va Baxtiyorov o'zaro kurashadi.
9:15. Kurash. Fotima Qodirova ikkita raqibasini mag'lubiyatga mag'lubiyatga uchratib, chorak finalga chiqdi. CHorak finalda esa yaponiyalik raqibasiga mag'lub bo'ldi.
9:12. Uzunlikka sakrash. Anvar Anvarov ilk urinishdayoq 8 metrga sakradi va final yo'llanmasini naqd qildi.
9:10. Boks. Fazliddin Erkinboev SHri-Lanka bokschisini 1-raunddayoq nokautga uchratdi.
8:22. Boks. Nigina O'ktamova tailandlik raqibasiga 2:3 hisobida mag'lub bo'ldi.
7:30. Qilichbozlik. Rapirachi erkaklar terma jamoamiz Janubiy Koreyaga 33:45 hisobida yutqazdi.
Bugun musobaqada ishtirok etadigan o'zbekistonlik sportchilar ro'yxati bilan tanishing:
(Toshkent vaqti bilan)
5:50 - O'q otish, 25 metr, to'pponcha - Nigina Saidqulova
6:00 - O'q otish, trap - Azamat Qayumov
6:00 - O'q otish, trap - Oxunjon Abduqodirov
6:00 - O'q otish, trap - Timur Enaliev
6:00 - O'q otish, trap, erkaklar, jamoaviy
6:00 - Tennis - Sevil Yuldasheva - Mandegar Farzami (Eron)
6:00 - Tennis - Darya SHubina - CHek SHek (Gonkong)
6:15 - Kurash, Fotima Qodirova
6:40 - Kurash, Ibodatxon Agojonova
6:50 - Qilichbozlik, erkaklar, rapira - O'zbekiston - Janubiy Koreya
7:00 - Engil atletika, ko'pkurash - Nodir Norboev, Zahriddin SHokirov
7:00 - Sinxron suzish - Anastasiya Baxtiyorova/Violetta Evenko
7:00 - CHim ustida xokkey, ayollar - O'zbekiston - Indoneziya
7:15 - Kurash, Bekmurod Oltiboev
7:25 - Kurash, SHoxruhxon Baxtiyorov
8:15 - Boks, Nigina O'ktamova - Natticha CHongprongklang (Tailand)
8:40 - Engil atletika, uzunlikka sakrash, saralash - Anvar Anvarov
8:40 - Qilichbozlik, ayollar, sablya - O'zbekiston - Hindiston
9:00 - Suvga sakrash - Abdulvahob Vahobov/Amal Mavlonov
9:00 - Gandbol, ayollar - O'zbekiston - Gonkong
9:00 - Boks, Fazliddin Erkinboev - Yazmin Mohommed (SHri-Lanka)
12:00 - Tennis, erkaklar - O'zbekiston - Xitoy Taypeyi
13:30 - Boks, Navbahor Hamidova - Parveen (Hindiston)
14:00 - Boks, Abdumalik Xalokov - Junmilardo Ogayre (Filippin)
14:00 - Tennis, ayollar - O'zbekiston - Gonkong
14:55 - Engil atletika, uzunlikka sakrash - SHarifa Davronova
15:20 - Voleybol, erkaklar - O'zbekiston - Yaponiya
15:30 - Boks, Jahongir Zokirov - Muhammad Abroridinov (Tojikiston)
17:00 - Engil atletika, nayza uloqtirish - Nargiza Qo'chqorova
Fikrlar