28 sen 18:45
Yangiliklar
Osiyo o'yinlarining to'qqizinchi kunida ham to'rtta medalga ega chiqdik!
Kun yakuniga ko'ra, O'zbekiston sport delegaciyasi o'yinlarda 2 ta oltin va 2 ta bronza medaliga sazovor bo'ldi.
Sovrindorlarimiz:
Oltin:
Pokizaxon Kamoliddinova (kurash)
Ahror Ziyodullaev (kurash)
Bronza:
SHohista Nazarova (kurash)
Anvar Anvarov (engil atletika)
Ushbu sahifa orqali o'zbekistonlik sportchilar qayd etayotgan natijalar bilan onlayn ravishda tanishib borishingiz mumkin bo'ladi.
17:40. Nayza uloqtirishda Sarvar Ismoilov bahslarni 7-o'rinda tugatdi.
17:27. Engil atletika. Uzunlikka sakrash. Anvar Anvarov 8.06 metr natija bilan BRONZA medalini qo'lga kiritdi.
16:45. Sabohat Samijonova 800 metrga yugurish bahslarida o'z guruihida uchinchi bo'ldi va finalga yo'l oldi.
15:30. Bokschimiz To'rabek Habibullaev qozog'istonlik raqibini 3:2 hisobida mag'lubiyatga uchratdi va yarim finalga yo'l oldi!
14:44. Engil atletika. 4x100 miks bahslarida 6 mamlakat ichida to'rtinchi bo'ldik. Bu finalga chiqishga afsuski etarli emas. Aslida yugurish vaqtida bizga halal berib qolishdi. Hindiston vakillari yiqilgani bizning sportchilarga ham o'z tasirini ko'rsatdi. Barchasi yaxshi boshlangandi.
14:30. Og'ir atletikachimiz Muhammadqodir Toshtemirov o'z chiqishini 4-o'rinda yakunladi.
13:33. Sitora Turdibekova chorak finalda mo'g'ulistonlik raqibasini 3:2 hisobida mag'lub etdi va yarim finalga yo'l oldi!
13:00. Voleybol bo'yicha erkaklar terma jamoamiz Pokistonga 0:3 hisobida mag'lub bo'ldi.
12:55. Tennis. Maksim SHin/Sevil Yuldasheva tandemi Gonkong terma jamoasi vakillarini 7:6, 0:6, 11:9 hisoblarida mag'lub etib, keyingi bosqichga yo'l oldi.
12:24. Tennischimiz Sergey Fomin tojikistonlik raqibini 6:1, 6:1 hisoblarida mag'lub etdi va keyingi bosqichga yo'l oldi.
12:00. Barcha o'q otuvchilarimiz o'z ishtiroklarini yakunlashdi. Medallar yo'q.
11:22. OLTINNNN!!! Kurashchimiz Ahror Ziyodullaev finalda eronlik raqibini mag'lubiyatga uchratdi! Delegaciyamizda 12-oltin!
11:15. Yomg'ir sababli tennischimiz Sergey Fomin ishtirokidagi o'yin to'xtatildi.
11:10. OLTIN!!! Kurashchimiz Pokizaxon Kamoliddinova finalda koreyalik raqibasini mag'lubiyatga uchratib, oltin medalga sazovor bo'ldi!
10:50. CHim ustida xokkey. Erkaklar terma jamoamiz Tailanda 1:3 hisobida mag'lub bo'ldi.
10:37. Bokschimiz SHavkatjon Boltaev xitoylik raqibini mag'lubiyatga uchratib, yarim final ishtirokchisiga aylandi!
10:30. Kurashchimiz Ahror Ziyodullaev qozog'istonlik raqibini mag'lubiyatga uchratib, finalga yo'l oldi.
10:20. Og'ir atletika. Hasanboy Bardiev (-85 kg) vazn toifasida dast ko'tarishda o'z imkoniyatlaridan foydalana olmadi va musobaqadagi ishtirokini yakunladi.
10:15. Kurash. Pokizaxon Kamoliddinova yarim finalda SHohista Nazarovani mag'lubiyatga uchratib, finalga yo'l oldi. Nazarovada BRONZA!
10:13. Bokschimiz Aziza Zokirova afsuski chorak finalda qozog'istonlik raqibasiga 1:4 hisobida imkoniyatni boy berdi. Juda yaqin jang va alamli mag'lubiyat...
8:45. Tennis. Juftlik bahslarida Darya SHubina va Sevil Yuldasheva kortga chiqmadi. Janubiy Koreya terma jamoasi avtomatik tarzda keyingi bosqichga chiqdi.
8:32. Boks. Feruza Kazakova KXDR vakilasini 5:0 hisobida mag'lub etdi va yarim finalga yo'l oldi.
8:00. Toshkent vaqti bilan soat kurashda 10:00da medallar uchun bahslar boshlanadi. Unda Pokizaxon Kamoliddinova va SHohista Nazarova yarim finalda o'zaro to'qnash keladi. Ahror Ziyodullaev esa qozog'istonlik raqib bilan kurashadi.
7:45. Pokizaxon Kamoliddinova ham turkmanistonlik raqibasidan ustun kelib, yarim finalga yo'l oldi.
7:15. SHohista Nazarova (-78 kg) turkman raqibasini mag'lub etdi - yarim final!
7:00. Ahror Ziyodullaev (-81 kg) afg'onistonlik raqibini mag'lubiyatga uchratib, yarim finalga chiqdi..
6:00. Kurash. Pokizaxon Kamoliddinova (-78 kg) qirg'izistonlik raqibasini mag'lubiyatga uchratdi.
28 sentyabr kuni musobaqada ishtirok etadigan o'zbekistonlik sportchilar ro'yxati bilan tanishing:
(Toshkent vaqti bilan)
5:40 - O'q otish, 25 m, to'pponcha, saralash va final - Nigina Saidkulova
5:50 - Kurash, saralash va final - Pokizaxon Kamoliddinova
6:00 - O'q otish, trap - Azamat Qayumov
6:00 - O'q otish, trap - Oxunjon Abduqodirov
6:00 - O'q otish, trap - Timur Enaliev
6:00 -O'q otish, erkaklar, jamoaviy
6:00 - Tennis, Darya SHubina/Sevil Yuldasheva - Bo Yung Jeong/So H.n Park (Janubiy Koreya)
6:40 - Kurash, saralash va final - Ahror Ziyodullaev
6:50 - Kurash, saralash va final - SHohista Nazarova
7:30 - Tennis, Sergey Fomin - Somon Amonov
7:30 - Tennis, miks, Sevil Yuldasheva/Maksim SHin - Xong Yi Vong/Cufu Vong (Gonkong)
8:15 - Boks, Feruza Kazakova - Kum Byol An (KXDR)
9:00 - Voleybol, erkaklar - Pokiston - O'zbekiston
9:00 - CHim ustida xokkey, erkaklar - O'zbekiston - Tailand
9:30 - Og'ir atletika - Hasanboy Bardiev
9:45 - Boks, Aziza Zokirova - Natalya Bogdanova (Qozog'iston)
10:15 - Boks, SHavkatjon Boltaev - Guofeng Li (Xitoy)
13:00 - Og'ir atletika - Muhammadqodir Toshtemirov
13:15 - Boks, Sitora Turdibekova - Namuun Monkor (Mo'g'uliston)
14:30 - Engil atletika, 4x100 miks, saralash
15:00 - Boks, To'rabek Habibullaev - Nurbek Oralbay (Qozog'iston)
16:00 - Engil atletika, uzunlikka sakrash, final - Anvar Anvarov
16:15 - Engil atletika, nayza uloqtirish, final - Sarvar Ismoilov
Fikrlar