19 okt 10:05
Yangiliklar
![](/upload/storage/21078_220.jpg)
Oskar De la Xoyya Alvaresning ehtimolli raqibini oshkor etdi
Bu malumotni Golden Boy Promotions promouterlik kompaniyasi rahbari Oskar de la Xoyya tasdiqladi. Aynan yaqin o'tmishning afsonasi hisoblangan De La Xoyya ushbu jangni tashkil qilmoqchi bo'lyapti.
Buning uchun esa Leme avvaliga 16 dekabr kuni o'tkaziladigan jangda WBO chempioni Billi Jo Sondersni mag'lubiyatga uchratishi shart bo'ladi.
“Sondersga qarshi jang Leme uchun yaxshigina imkoniyat. Agar u bu imkoniyatdan foydalana olsa, biz Leme - Alvares jangini tashkil etishga urinib ko'ramiz.
Hozir Alvares va Gennadiy Golovkin o'rtasida revansh jangi o'tkazishga harakat qilyapman. Mabodo, moliyaviy va boshqa masalalarda qozog'istonlik bokschi bilan kelisha olmasak, u holda Leme variantini ko'rib chiqamiz”, – dedi De La Xoyya Los Angeles Times nashriga bergan intervyusida.
Fikrlar