25 fev 09:27
Yangiliklar
Boks/MMA

Oskar De La Xoyya: "Endi Virjil Ortisning Kroufordga qarshi jangini muammosiz tashkil etish mumkin"
Promouter Oskar De La Xoyya super yarimo'rta vazn toifasida WBC Interim chempioni Virjil Ortis hamda shu vaznda WBA kamari sohibi Terens Krouford o'rtasidagi ehtimoliy jang haqida gapirdi.
"Buning ehtimoli yuqori. Endi Turki Al ash-SHeyx va DAZN bu o'yin ichida. SHunday ekan, bunday janglar uchun chegara qo'yilmaydi. Ularni o'tkazish oson. Bu tashkil etish mumkin bo'lgan jang. Menimcha, bu jangni hech qanday muammosiz o'tkazamiz", dedi De La Xoyya.
Ortis 22 fevral kuni Isroil Madrimovni ochkolar hisobiga ko'ra mag'lub etgandi.
Havola :
Manba : iFL.TV
Fikrlar