06 iyu 13:02
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/39938_220.jpg)
Oskar De La Xoyya: “Golovkinga gonorarning 50 foizini bermaymiz”
O'rta vazn toifasida 3ta yo'nalish bo'yicha jahon chempioni bo'lib turgan qozog'istonlik Gennadiy Golovkinning meksikalik davogar Saul “Kanelo” Alvaresga qarshi takroriy jangni o'tkazish yoki o'tkazmasligi bugungi kunning muhim boks voqeyliklaridan biri bo'lib turibdi.
Tomonlarning gonorar taqsimotida kelisha olishmayapti. Golovkin va uning jamoasi gonorarning teng bo'linishini talab qilmoqda. Lekin Alvares va uning promouterlari bunga rozi emas.
“Ushbu jangda Saul Alvares foyda keltiruvchi tomon hisoblanadi. SHu sababli ham gonorar va jangdan tushadigan daromadning teng taqsimlanishi adolatdan emas”, - dedi Golden Boy Glava promouterlik kompaniyasi rahbari Oskar De La Xoyya.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar