09 sen 19:14
Yangiliklar
Boks/MMA

Oskar de la Xoyya kasalxonadan chiqdi, u ringga qaytmoqchi
48 yoshli sobiq bokschi Oskar de la Xoyya kasalxonadan chiqdi va ringga qaytishni rejalashtirmoqda.
"Salom yigitlar, menga kasalxonadan ruxsat berishdi. U erda uch kun yotdim. Koronavirus menga jiddiy zarba berdi. Men hayotim davomidagi eng zo'r formamda edim. Sabrsizlik bilan ringga qaytishni istayapman. Iliq tilaklaringiz va qo'llab-quvvatlaganingiz uchun rahmat. Buni qadrlayman", - dedi de la Xoyya.
Eslatib o'tamiz, u 11 sentyabr kuni Vitor Belfortga qarshi jang qilishi lozim edi. Ammo, koronavirus sabab uning o'rniga Evander Xolifild ringga ko'tariladigan bo'ldi.
Havola :
Manba : AllBoxing
Fikrlar