12 iyu 12:20
Yangiliklar
Boks/MMA

Oskar de la Xoyya: "Men Meyvezer yoki Saul Alvares bilan jang qilmoqchiman"
Boks bo'yicha olti vazn toifasida sobiq jahon chempioni, sentyabr oyida ringga qaytadigan 48 yoshli Oskar de la Xoyya o'z rejalari haqida gapirdi.
Afsonaviy bokschi Mayk Tayson podkastida de la Xoyya bir nechta jang o'tkazishni rejalashtirayotganini malum qildi.
"Faoliyatingizni tugatsangiz, o'zingizni keraksizdek his qilasiz. Men qaytib kelaman. Ehtimol, jang qilish mening hayot eliksirimdir. Va, umuman olganda, Mayk, meni qaytishga turtki bergan siz edingiz, men Roy Jons bilan bo'lgan jangingizdan keyin shunday qarorga keldim. Men ham buni qilishni xohlayotganimni angladim.
Men ikkita ko'rgazmali jang o'tkazishni istayman, keyin - Floyd Meyvezer yoki Kanelo bilan to'liq 12 raundlik to'qnashuvga chiqishni ham”, - dedi de la Xoyya.
Havola :
Manba : Championat.com
Fikrlar