So’nggi yangiliklar

16:21ЖЧ-2026. 66 та ўйиндан 18 тасида йирик ҳисоб. Бу нимадан далолат? 0 15:49Оқ уйдаги UFC турнири - MMA тарихидаги энг кўп томоша қилинган тадбир! 0 15:16Махачев ва Гэрри иштирокидаги UFC 330 турнирига яна тўртта жанг қўшилди 0 14:47Тўртинчи ракеткани мағлуб этган Султонов 1/2 финалга чиқди 0 14:16МЮ "Реал" ярим ҳимоячисини энг кўп маош олувчи футболчига айлантиришга тайёр 0 13:44Номдор рақибларини мағлуб этган Шаҳрам Аҳадов Qingdao Grand Prix 2026 турнири финалида! 0 13:13"Ҳали "сўнгги рақсим" бўлади". Александр Усик барча камарларини вакант қолдирди 0 12:39Байрам муборак, азиз ҳамкасблар! 0 11:58Бугун Нурсултон Рўзибоев UFC Baku турнирида жанг қилади (жанг вақти + трансляция) 0 10:177 та тўп фарқи? Учинчи ўриндагиларнинг ҳолати қандай? 0 19:58Самбо. Осиё-Океания чемпионатининг иккинчи кунида ёшларимиздан 10 та медаль 0 17:59Таэквондо терма жамоамиз "Kazakhstan Open" халқаро турнирини кучли учликда якунлади 0 17:24Радулович "Пахтакор"да иш бошлади 0 16:56Уимблдон турнирининг асосий тўр баҳсларига қуръа ташланди 0 16:30Нурсултон Рўзибоев UFC'да навбатдаги синов олдида: Андрей Пуляевга қарши жанг нимаси билан аҳамиятли? (мутолаа учун) 0

03 apr 17:35
Yangiliklar

Boks/MMA

Oskar De La Xoyya Ortis - Spens jangini tashkil qilmoqchi

Taniqli promouter Oskar De La Xoyya yana bir ajoyib jang ustida ish boshlagan ko'rinadi, u o'zaro texasliklarni urishtirib ko'rmoqchi.

Birinchi o'rta vazn toifasida vaqtinchalik WBC chempionlik kamari sohibi bo'lib turgan Verjil Ortis navbatdagi jangini yarimo'rta vaznda sobiq jahon chempioni Errol Spensga qarshi o'tkazishi mumkin. Bu haqda Ortisning promouteri Oskar De La Xoyya xabar bermoqda.

Qiziq tomoni shundaki, har ikki bokschi ham Texas shtatida yashaydi. Promouterning so'zlariga ko'ra, aynan shu omil jangning tomoshabop o'tishiga zamin yaratar ekan. Jang "Dallas Kovboys" futbol klubiga tegishli katta stadionda o'tkazilishi mumkin.

"Verjilda navbatdagi jang uchun variantlar etarli. Tasavvur qiling, agar biz bu jangni "Dallas" klubining stadionida tashkil eta olsak, arenaga muxlis sig'may ketadi. Bu jang haqida o'ylab ko'rish kerak", — deya FightHype nashriga intervyu bergan De La Xoyya.

Eslatib o'tamiz, 27 yoshli Ortis ketma-ket ikkita jiddiy raqiblar bilan jang o'tkazdi. U avvaliga ukrainalik Sergey Bogachuk, keyin esa hamyurtimiz Isroil Madrimovni 12 raund to'liq davom etgan janglarda ochkolar hisobiga ko'ra mag'lubiyatga uchratdi. Bir muddat avval De La Xoyya Ortisning IBF chempioni Baxram Murtazaliev ham jang o'tkazishi mumkinligini aytgan edi. 

Malumot uchun, 35 yoshli Errol Spens 2023 yilning yozidan beri jang o'tkazmayapti. O'shanda u Terens Kroufordga yutqazib qo'ygandi. Avvalroq, Premier Boxing Champions kompaniyasi Spens uchun birinchi o'rta vaznda WBC va WBO yo'nalishlari chempioni Sebastyan Fundoraga qarshi jangni tashkil qilmoqchi bo'lgandi. Ammo Errol Fundoraga qarshi ringga chiqishdan bosh tortgan edi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing