21 fev 20:37
Yangiliklar
Boks/MMA

O'smir bokschilarimiz Sankt-Peterburgda Belarus terma jamoasiga qarshi bahs olib borishdi
Avvalroq, boks bo'yicha O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi Rossiya Federaciyasi Sankt-Peterburg shahridagi xalqaro turnirda ishtirok etayotganligi haqida xabar qilgandik.
Bungacha yosh charm qo'lqop ustalarimiz jamoaviy tarzda o'tayotgan musobaqada bitta g'alaba va bitta mag'lubiyat qayd etishgandi.
Bugun vakillarimiz Belarus terma jamoasiga qarshi jang qilishdi va 10:3 hisobida g'alaba qozonishdi.
Endi yigitlarimiz 23 fevral kuni Rossiya-1 terma jamoasiga qarshi janglar o'tkazishadi.
O'zbekiston boks federaciyasi matbuot xizmati
Havola :
Fikrlar