11 okt 13:13
Yangiliklar
O'smirlar Olimpiya o'yinlari. Dzyudochimiz oltin medalni qo'lga kiritdi!
Musobaqaning to'rtinchi kuniga kelib O'zbekiston terma jamoasi sportchisi dastlabki oltin medalni qo'lga kiritdi.
Dzyudo bo'yicha miks bahslarida hamyurtimiz Jayhunbek Nazarov Xorvatiya, Belarus, Italiya, Meksika, Venesuela va Xitoy Taypeyi vakillari bilan bitta jamoada harakat qildi. «Beijing» jamoasi nomidan ishtirok etgan dzyudochilar finalgacha etib borishdi va g'alaba qozonishdi. SHu tariqa ushbu mamlakat sportchilari oltin medalga sazovor bo'ldilar.
Hamyurtimiz finalda ispaniyalik Xavier Penani mag'lub etdi. U yakkalik bahslarida chorak finalda aynan unga imkoniyatni boy bergandi. Demak, Jayhunbek miks bahslarida o'ziga xos revansh oldi.
Malumot uchun, bungacha O'zbekiston terma jamoasi safida Ulug'bek Rashitov (taekvondo, kumush) va Nilufar Ermagambetova (dzyudo, bronza) terma jamoamiz hisobiga medallar qo'shib qo'yishgan edi.
Fikrlar