13 dek 11:55
Yangiliklar
Dzyudo
O'smirlarimiz Qirg'izistondagi turnirdan 5 ta medal bilan qaytishdi
11-12 dekabr kunlari Qirg'izistonning Tokmak shahrida 2005-2006 yillarda tug'ilgan o'smirlar o'rtasida xalqaro turnir bo'lib o'tdi.
Qirg'iziston Respublikasida xizmat ko'rsatgan murabbiyi Asankul Qidiraliev sovrini uchun o'tkazilgan musobaqada mezbonlardan tashqari O'zbekiston va Qozog'istondan kelgan yosh dzyudochilar medallar uchun tatamiga chiqishdi.
Hamyurtlarimizdan Bunyod Safarov (-60 kg) va Jasur SHakarboev (-66 kg) oltin, Suhrob Ortiqov (+73 kg) kumush, Fazliddin Po'latov (-60 kg) hamda Sangak Tojiboev (-73 kg) bronza medalini qo'lga kiritdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar