18 okt 11:11
Yangiliklar
Boks/MMA

O'smirlarimiz Qozog'istondagi xalqaro turnirda 7 ta oltin medal qo'lga kiritishdi
Boks bo'yicha O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi azolari Qozog'iston Respublikasi Aksay shahrida o'tkaziladigan "Duslik" xalqaro turnirda ishtirok etishdi.
Ushbu xalqaro turnirda 2006-2007 yillarda tavallud topgan bokschilarimiz yurtimiz sharafini himoya qilib, 7 ta oltin, 2 ta kumush medalga sazovor bo'lishdi.
Terma jamoamiz safida quyidagi bokschilarimiz sovrindor bo'lishdi:
Oltin :
-46kg: Ilhom Ergashev
-48kg: Nodir Allaberganov
-57kg: Akbar Ahmadov
-63kg: Hojiakbar Kudratov
-70kg: Abduqodir Taxli
-80kg: Raxmonjon Qodirov
+80kg: Asilbek Ishmurodov
Kumush:
-52kg: Farrux Rahmatullaev
-63kg: Sardor Dilolov
Murabbiy Ramzjon Axmedov musobaqaning eng yaxshi murabbiyi sifatida etirof etildi. Hamyurtimiz Maruf Urdushev turnir davomida hakam sifatida faoliyat olib bordi.
O'zbekiston boks federaciyasi matbuot xizmati
Havola :
Manba : t.me/boxinguzbekistan
Fikrlar