So’nggi yangiliklar

17:20Нурсултон Рўзибоевга мағлуб бўлган рус жангчисига янги рақиб берилди (ПОСТЕР) 0 16:43Расман: Диёр Имомхўжаев яна 4 йил ПФЛни бошқаради 0 16:14Мурат Гассиевнинг Баходир Жалолов билан жанг бўйича позицияси маълум бўлди 0 15:45Икки нафар ёш курашчимиз жаҳон чемпионатида совриндор бўлишди 0 15:18Қозоғистон ўзбекистонлик ММА жангчисини халқаро қидирувга берди 0 14:532026/27 йилги мавсумда дунёнинг энг қиммат 10 та футбол клуби номи маълум қилинди 0 14:19Энтони Жошуа - Тайсон Фьюри жанги қаерда ва қачон ўтказилиши айтилди 0 13:42Шон О`Мэлли танаффус олди: "Бир муддат кутиб тураман" 0 13:13Хамзат Чимаев UFC`га мурожаат қилди: "Нимани кутяпмиз?" 0 12:41"Ал Ҳилол" Англия терма жамоаси аъзосига 45 миллион фунт таклиф қилди 0 12:18Жо Роган Махачевга Йен Гэрри билан бўлган жангдан сўнг маслаҳат берди 0 11:43Кормье Нурмагомедовга: "Вақтни беҳуда сарфлашни бас қил" 0 11:17Пара академик эшкак эшувчиларимиз Жаҳон чемпионатида иштирок этади 0 10:46ESPN талқинига кўра дунёнинг энг яхши ҳужумкор ярим ҳимоячиси аниқланди. Беллингем – 2, Шерки – 4, Мактоминей – 8-ўринда! 0 10:20Махачевнинг мураббийи: "Ислам Хабибдан ўзиб кетди" 0

11 may 10:20
Yangiliklar

Boks/MMA, Tadbirlar, Qiziqarli!

Otabek Umarov Bangkokda Gennadiy Golovkin bilan uchrashdi

Osiyo Olimpiya kengashi (OOK) vice-prezidenti Otabek Umarov boshchiligidagi O'zbekiston delegaciyasi OOK Bosh Assambleyasida ishtirok etish uchun Bangkok shahrida bo'lib turibdi.

Tadbir arafasida rasmiylar bilan bir qator uchrashuvlar tashkil etilmoqda. Ulardan biri Qozog'iston Milliy Olimpiya qo'mitasi prezidenti Gennadiy Golovkin bilan o'tkazildi.

Uchrashuvda O'zbekiston va Qozog'iston Milliy Olimpiya qo'mitalarining Bosh kotiblari Oybek Kasimov hamda Janar Uteshova ham qatnashishdi.

Qayd etish joiz, jahon boksida ulkan shuhrat qozongan G.Golovkin joriy yilning 26 fevral sanasida Qozog'iston MOQ prezidenti etib saylangan edi. Ortda qolgan vaqt mobaynida u salmoqli loyihalarga qo'l urishni boshladi. 

Tomonlar suhbat davomida ikki qardosh xalqning munosabatlari sport orqali yanada mustahkamlanib borayotgani, xususan, ko'plab terma jamoalarimiz yirik startlarga tayyorgarlik jarayonida qo'shma o'quv-mashg'ulot yig'inlarini o'tkazayotganini mamnuniyat bilan tilga olishdi.

Gennadiy Gennadevich OOK vice-prezidentini futbol bo'yicha O'zbekiston olimpiya terma jamoasining Parij-2024 yozgi Olimpiya o'yinlariga yo'llanma olgani bilan qutlab, jamoamizga bo'lajak musobaqada ham omad tiladi. O'z o'rnida, Otabek Umarov G.Golovkinni yangi lavozimga saylangani bilan muborakbod etib, rahbarlik sohasida ham ulkan muvaffaqiyatlarga erishishini tiladi. SHuningdek, uni o'ziga qulay vaqtda O'zbekistonga taklif etdi va hamkorlikda ishlashdan mamnun bo'lishini bildirdi.

O'zbekiston delegaciyasining Tailanddagi rasmiy tashrifi davom etadi.

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing