So’nggi yangiliklar

16:43Расман: Диёр Имомхўжаев яна 4 йил ПФЛни бошқаради 0 16:14Мурат Гассиевнинг Баходир Жалолов билан жанг бўйича позицияси маълум бўлди 0 15:45Икки нафар ёш курашчимиз жаҳон чемпионатида совриндор бўлишди 0 15:18Қозоғистон ўзбекистонлик ММА жангчисини халқаро қидирувга берди 0 14:532026/27 йилги мавсумда дунёнинг энг қиммат 10 та футбол клуби номи маълум қилинди 0 14:19Энтони Жошуа - Тайсон Фьюри жанги қаерда ва қачон ўтказилиши айтилди 0 13:42Шон О`Мэлли танаффус олди: "Бир муддат кутиб тураман" 0 13:13Хамзат Чимаев UFC`га мурожаат қилди: "Нимани кутяпмиз?" 0 12:41"Ал Ҳилол" Англия терма жамоаси аъзосига 45 миллион фунт таклиф қилди 0 12:18Жо Роган Махачевга Йен Гэрри билан бўлган жангдан сўнг маслаҳат берди 0 11:43Кормье Нурмагомедовга: "Вақтни беҳуда сарфлашни бас қил" 0 11:17Пара академик эшкак эшувчиларимиз Жаҳон чемпионатида иштирок этади 0 10:46ESPN талқинига кўра дунёнинг энг яхши ҳужумкор ярим ҳимоячиси аниқланди. Беллингем – 2, Шерки – 4, Мактоминей – 8-ўринда! 0 10:20Махачевнинг мураббийи: "Ислам Хабибдан ўзиб кетди" 0 09:54“Президент Олимпиадаси” ва Осиё ўйинларига тайёргарлик жараёни кўриб чиқилди 0

15 may 06:05
Yangiliklar

Tadbirlar

Otabek Umarovni tabriklaymiz!

Bugun Osiyo Olimpiya Kengashi vice-prezidenti, O'zbekiston triatlon federaciyasi va O'zbekiston aralash jang sanati associaciyasi raisi Otabek Umarov o'z tavallud ayyomini nishonlamoqda.

Otabek Umarov 1984 yil 15 may kuni tavallud topgan. Otabek Muhammadalievich bir necha yildirki, o'zbek sporti rivojiga ulkan xissa qo'shib kelmoqda. Xususan, O'zbekiston triatlon federaciyasida olib borilayotgan islohotlar, malakali xorijlik murabbiyning jamoada ishlayotgani mazkur sport turining rivojini yangi bosqichga olib chiqdi. Otabek Umarov o'tgan yilning 15 dekabr kuni Maskat shahrida o'tkazilgan Osiyo Olimpiya Kengashi (OOK)ning 74-Ijroiya qo'mitasi yig'ilishida Osiyo Olimpiya Kengashi vice-prezidenti etib saylangan edi. 

O'zbekiston aralash jang sanati associaciyasi tuzilganiga ko'p vaqt bo'lmagan ersa-da, yangi tashkilot ilgari tarqoq bo'lib yurgan jangchilarimizni bir bayroq ostida birlashtirdi. Endilikda mazkur yo'nalishning rivoji yurtimizda jismoniy tarbiya va sportga bo'lgan etiborni ikki karra oshirdi, deya etirof etish mumkin. Zero, Toshkentda ilk bor mazkur yo'nalish bo'yicha GFC-20 turniri va O'zbekiston chempionatining o'tkazilishi fikrimiz isbotiga yaqqol dalil bo'la oladi.

Fursatdan foydalanib, saytimiz ijodkorlari va o'quvchilari nomidan Otabek Umarovni bugungi tavallud ayyom bilan chin qalbdan tabriklab, u kishiga uzoq umr va sihat-salomatlik tilaymiz.

Reyting: -1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing