15 may 07:22
Yangiliklar
Otabek Umarovni tabriklaymiz!
Otabek Muhammadalievich Umarov 1984 yil 15 may kuni tug'ilgan. Uzoq vaqtdan beri o'zbek sporti rivojiga hissa qo'shib kelyapti. Jumladan, O'zbekiston triatlon federaciyasi raisi, MMA associaciyasi asoschisi va birinchi rahbari sifatida ushbu sport turlari, xususan, ommaviy sport targ'ibotini yangi bosqichga olib chiqdi.
Otabek Umarov 2020 yil Osiyo Olimpiya kengashi Bosh Assambleyasida tashkilotning vice-prezidenti etib saylangan. Uning mazkur lavozimga saylanishi poytaxtimizning 2025 yil yoshlar Osiyo o'yinlarini qabul qilishi bilan bog'liq. Hozirda Otabek Umarov OOK vice-prezidenti sifatida Yangi O'zbekistonning salohiyatini butun dunyoga ko'rsatishda, mamlakatimiz va Markaziy Osiyoda Olimpiya harakati targ'ibotining yanada kuchayishida jonbozlik ko'rsatmoqda.
Fursatdan foydalanib, Otabek Umarovni tavallud ayyomi bilan samimiy tabriklab, unga uzoq umr va sihat-salomatlik tilaymiz.
Fikrlar