08 mar 14:28
Yangiliklar

Otabek Xolmatov bir yillik tanaffusdan keyin ringga qaytmoqda. Uning navbatdagi raqibi va jang sanasi malum
Malum bo'lishicha, Xolmatov 5 aprel kuni Qozog'istonning Astana shahrida Top Rank promouterlik kompaniyasi tomonidan tashkil etiladigan boks oqshomida ishtirok etadi. Unga o'sha kuni filippinlik bokschi Jeyson Kanoy raqib bo'ladi.
Hamyurtimiz hozirda mazkur jang uchun AQSHning Kaliforniya shtati, Indio shahrida Bektemir Meliqo'ziev, Murodjon Ahmadaliev kabi o'zbekistonlik charm qo'lqop ustalari bilan birga tayyorgarlik olib bormoqda.
Malumot uchun, Otabek Xolmatov faoliyati davomida 13 ta jang o'tkazib, 12 g'alaba va 1 mag'lubiyat qayd etgan. U so'nggi jangini o'tgan yilning mart oyida vakant bo'lib turgan WBA kamari uchun Raymond Fordga qarshi o'tkazib, imkoniyatni boy bergandi.
Taqqoslash uchun, Kanoy hisobida esa 30 g'alaba, 12 mag'lubiyat va 2 ta durang bor.
Fikrlar