09 okt 17:10
Yangiliklar
Boks/MMA
Otabek Xolmatov: "CHempionlar, tez orada sizlar bilan uchrashaman"
O'zbekistonlik professional bokschi, yarim engil vazn toifasida WBA kamari uchun sobiq davogar Otabek Xolmatov Instagram sahifasi orqali ayni damdagi holati haqida malumot berdi.
U aprel oyida tizzasidagi jarohatini operaciya qildirgan edi.
"Mening tiklanishim juda yaxshi kechdi! Tizzam allaqachon 90%ga yaxshilandi, yana 2 haftadan so'ng men qaytishga tayyorgarlikni boshlayman! Ringga chiqishimni kuta olmayman, men sog'lomman! In SHa Alloh, tez orada sizlar bilan ko'rishaman, CHempionlar", deb yozdi Xolmatov.
Eslatib o'tamiz, Otabek Xolmatov mart oyida WBA kamari uchun amerikalik Raymond Fordga qarshi jang qilib, imkoniyatni boy bergan edi. U ayni damda tashkilot reytingida 4-o'rinni egallab turibdi.
Havola :
Manba : instagram.com/otabek_kholmatov1
Fikrlar