26 dek 14:24
Yangiliklar
Boks/MMA
Otabek Xolmatov sobiq Jahon chempioni bilan revansh jangini o'tkazmoqchi
Yarim engil vazn toifasidagi o'zbekistonlik professional bokschi Otabek Xolmatov jarohatidan tiklanib, mashg'ulotlarni davom ettirmoqda.
Bokschi o'zi tug'ilib o'sgan Sirdaryo viloyatining Baxt shahrida bo'lib turibdi.
U joriy yilning mart oyida vakant bo'lib turgan WBA kamari uchun amerikalik Raymond Ford bilan jang qilib, 12-raundda texnik nokaut orqali mag'lub bo'lgandi. Jangdan keyin Xolmatov oyog'idagi jiddiy jarohatini operaciya qildirdi.
Uzoq tanaffusdan keyin Xolmatov yana mashg'ulotlarga kirishdi. U 2025 yil avvalida Ford bilan revansh jangini o'tkazish niyatida.
Raymondning o'zi Otabekni mag'lub etganidan keyingi ilk himoya jangidayoq Nik Bollga kamarni topshirgan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar