13 apr 14:08
Yangiliklar
Boks/MMA

Otabek Xolmatovning sobiq raqibi Reymond Ford navbatdagi jangini o'tkazdi (VIDEO)
Yarimengil vazn toifasida sobiq jahon chempioni, amerikalik Reymond Ford (16-1-1, 8 KO) hamyurti Tomas Mattis (22-5-1, 17 KO)ga qarshi ringga ko'tarildi.
Ford to'liq davom etgan jangda hakamlarning yakdil qarori bilan (100-90, 100-90, 100-90) g'olib deb topildi. Jang super yarimengil vazn toifasida tashkil etildi.
Malumot o'rnida, ushbu to'qnashuv AQSHning Atlantik-Siti shahrida bo'lib o'tgan Ennis-Stanionis jangining anderkardida o'tkazildi. Mazkur oqshomda SHahram G'iyosov ham ringga chiqib, navbatdagi g'alabasini qo'lga kiritdi.
Thomas Mattice blows a kiss to @raysavage856 and carries him ????#EnnisStanionis | LIVE NOW on DAZN pic.twitter.com/XfCNSrrjgp
— DAZN Boxing (@DAZNBoxing) April 13, 2025
Havola :
Manba : DAZN Boxing
Fikrlar