So’nggi yangiliklar

11:13Двалишвили Нурмагомедовнинг мағлубиятига битта эмоджи билан муносабат билдирди 0 10:49Ҳумоюн билан жанг қилиши кутилган Мадраҳимов Тошкентга октагонга чиқади + ПОСТЕР 0 10:22Ислам Махачев Нурмагомедовнинг UFC`даги иккинчи мағлубияти ҳақида гапирди 0 09:57Ўзбекистон кубоги. Бугун яна иккита қизиқарли учрашув бор 0 09:23Lausanne Grand Slam 2026. Бугун оғир вазнли дзюдочиларимизга мухлислик қиламиз. Улар орасида Тўрабоев ҳам бор! 0 08:55Умар Нурмагомедов кечаги кутилмаган нокаутига илк бор изоҳ берди 0 08:26Жасурбек "Тайсон" Жўраев бир ҳафтадан кейин Тошкентда жанг қилади + ПОСТЕР 0 07:54"Интер Майами" "Монреаль"ни тор-мор этди. Мессидан покер 0 07:31Оғир вазн келажаги сифатида эътироф этилган Мозес Итаумани чуқур нокаутга учратишди 0 22:32Lausanne Grand Slam 2026. Ўзбекистон терма жамоаси иккинчи кунни ҳам медаль билан якунлади 0 21:11Шоҳсанам Шерзодова ва Нилуфар Зокирова жаҳон чемпионати кумуш медали совриндори 0 20:44Робиньонинг 18 ёшли ўғли "Женоа"га ўтмоқда 0 20:18UFC Fight Night 286 турнирининг бонуслари кимларга насиб этди? 0 19:53Бобуржон Тагиев Mangu 5 турнирида жанг қилади. Рақиб маълум + ПОСТЕР 0 19:19UFC Fight Night 286 турнирининг барча натижалари: Ўнта финишли жанг, Нурмагомедовда нокаут 0

21 may 17:10
Yangiliklar

Futbol

O'tmishga nazar. Qo'rqinchli Quriya, ekranda ko'rsatilmagan birinchi bo'lim va hujumkor futbol sog'inchi

Teglar :  O'zbekistonJCH-1998
1997 yilning sentyabr oyi. O'zbekiston milliy terma jamoasi Jahon chempionati yo'llanmasi uchun Osiyo qitasining hal qiluvchi bosqichida kurash olib borayotgan palla.

"Toshkent haqiqati" gazetasining o'sha vaqtdagi sonlarini varaqlar ekanmiz, bugungi kun muxlisi uchun qiziq va yaqin o'tmishga chorlaydigan voqealarga guvoh bo'lamiz.

Bugun futbolni eng yuqori sifatda, turli rakurslardan kuzatishga odatlanganmiz. Ammo gazeta sahifalaridagi maqolalar bizni butunlay boshqa – futbol translyaciyalari va xabarlari o'zgacha koloritga ega bo'lgan davrga qaytaradi.

"Quriya" – 90-yillar terminologiyasi

Eng avvalo, gazeta sahifalaridagi geografik nomlanish etiborni tortadi. Bugungi kunda biz Janubiy Koreya deb ataydigan davlat terma jamoasi o'sha yillari matbuotda va televidenieda "Quriya" nomi bilan yuritilgani ko'pchilik uchun o'ziga xos kashfiyotdir.

To'rtta gol va 45 daqiqa

Yana bir hayratlanarli va bugungi kunda tasavvur qilish qiyin bo'lgan holat – JCH-1998 saralashi 2-bosqichi doirasida Yaponiya – O'zbekiston uchrashuvi translyaciyasi bilan bog'liq voqeadir. O'sha kuni o'zbekistonlik muxlislar chinakam shok holatini boshidan kechirgan. Gazetada yozilishicha, texnik sabablarga ko'ra o'yinning birinchi bo'limi O'zbekiston televideniesi orqali ko'rsatilmagan. Umidvor muxlislar ekran qarshisiga ikkinchi bo'limni tomosha qilish uchun o'tirishganda esa, hisob allaqachon maydon egalari foydasiga 4:0 ko'rinishini olgan edi. Muallif bu vaziyatni juda jonli tasvirlaydi: "Natija maydon egalari foydasiga 4:0 ekanligidan voqif bo'lib, hayajondan sovuq ter bosdi. Bunday hisob hech kimning xayoliga ham kelmagandi".

Snimok ekrana 2026-05-21 102718.png

Taktika

Gazetaning sport sharhlovchisi SHarofiddin Umurzoqov qalamiga mansub "Bir hujumchi bilan o'ynab bo'ladimi?" sarlavhali maqolada terma jamoaning o'sha vaqtdagi taktikasi keskin tanqid ostiga olinadi. Murabbiylarning himoyaviy o'yini qoralanib, oldinda faqat Igor SHkvirinning o'zi qoldirilgani, hatto sof hujumchi Ravshan Bozorovga ham yarim himoyachi vazifasi yuklatilgani etirozlarga sabab bo'lgan.

Maqolalarda tilga olingan Oleg SHackix, Andrey Fyodorov va Pavel Bugalo kabi ismlar esa bugungi kun muxlislarida o'ziga xos nostalgiya uyg'otadi. Muallifning o'sha davrdagi "Paxtakor" va Braziliya terma jamoasining hujumkor o'yinlarini sog'inib yozgan fikrlari, muxlislarning qachon va qaysi sharoitda bo'lmasin, hamisha chiroyli va hujumkor futbol tarafdori ekanligini yana bir bor isbotlaydi.

Snimok ekrana 2026-05-21 103248.png

Oradan qariyb o'ttiz yil vaqt o'tdi. Raqiblarni zamonaviy nomlari bilan ataymiz, o'yinlarning esa nafaqat birinchi bo'limi, balki o'yinoldi chigalyozdi mashqlarini ham jonli efirda kuzatamiz. Ammo 90-yillar matbuotidagi bu kabi qaydlar o'zbek futbolining shakllanish davridagi ehtiroslar, quvonch va iztiroblar naqadar samimiy bo'lganini bizga eslatib turadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing